Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Tadbirlar


 

TANLOVGA MARHAMAT

Respublika Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmadlar o'rtasida 2009-yil yakunlari bo'yicha "Tashabbus 2010" ko'rik tanlovining viloyat bosqichi o'tkaziladi. Ko'rik tanlovda shaxar va tumanlar bosqichlarida muvafaqqiyatli qatnashib sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan g'oliblar o'zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni ko'rgazmasi bilan ishtirok etadilar. Tanlovda turli nominatsiyalar bo'yicha sovrindorlar aniqlanadi. G'oliblar tashkiliy qo'mita tomonidan diplomlar va qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanadilar.

SHu yil 12-mart kuni Farg'ona shaxridagi Olimpiya zahiralari sport kolleji binosida o'tkaziladigan "Tashabbus 2010" ko'rik tanlovining viloyat bosqichiga marxamat qiling.

Bu yilgi uyg'onish, yasharish, yangilanish ayyomi - Navro'zi olamni barcha yurtdoshlarimiz singari farg'onaliklar ham ko'tarinki kayfiyat, har yilgidanda o'zgacha taraddud va ishtiyoq bilan qarshi olishmoqda.

  

"NAVRO'Z KO'NGILLARDA UYG'ONADI"

 

Navro'z shukuhi dildan-dilga ko'chib, jilg'alar labiga yugurgan yashillik, daraxtlarning nozik novdalarida uyg'ona boshlagan kurtaklar yurtimizga gul fasli, nafosat ayyomi tashrifidan darak bera boshladi.

Hademay, Farg'ona viloyatidagi mingdan ortiq mahallalarda ham bu bayram o'ziga xos ko'tarinkilik bilan kutib olinadi. Milliy urf-odatlarimiz, qadimiy anhana va udumlarimizning go'zal namoyishi bayram tadbirlariga ulanib ketadi.

Masalan, so'xliklar tun davomiyligi qisqarib, kun uzaya boshlagan damlarda "Lola sayli" yoki "Guli-surx" bayramini o'tkazishadi. Farg'ona tumanining Xonqiz qishlog'i aholisi esa jamuljam bo'lib tunni qirlarda qarshi olishadi. Dang'ara tumanining Oqjar qishlog'i odamlari Sirdaryo bo'ylarida sumalak pishirishsa, quvaliklar ota-bobolarining anhanalariga muvofiq, ko'klamni anor bog'larida qarshi olishadi.

Yildan-yilga qadr topib kelayotgan udumlardan yana biri - bayram munosabati bilan viloyatdagi mehribonlik, muruvvat uylari, 16 ta maktab-internat, qariyalar istiqomat qiladigan maxsus muassasalarga homiy tashkilotlar, saxovatpesha insonlar tomonidan mehr-muruvvat ko'rsatiladi. Ayni paytda ushbu maskanlarda bayram tadbirlarini tashkil etish, ehtiyojmand insonlarni ehzozlash uchun korxona, tashkilot, tadbirkorlar, homiylar tomonidan 52 million so'mlik sovg'a-salomlar hozirlashga' kirishilgan.

Viloyatdagi sanhatkorlar ham bu ayyomni munosib kutib olishmokda. 33 ta xalq dastasi, 242 ta badiiy jamoa, 22 ta folg'klor, 5 ta oilaviy, 4 ta dorbozlar, 3 ta tsirk, 6 ta askiyachi va qiziqchilar guruhlari, 11 teatr va havaskorlik jamoalari bayram uchun o'z ijodiy dasturlarini tayyorlashdi.

Odatda, viloyat markazidagi bayram tantanalari yoshlar sport majmuida mahlum bir doira vakillari ishtirokida o'tkazilar edi. Mana, ikkinchi yildirki, bu anhanadan voz kechildi. SHaharning aholi gavjum, odamlar ko'p to'planadigan 7 ta hududiga ko'chma sahnalar o'rnatiladi. Bu sahnalar ertalab soat 9.00dan to kechqurun 18.00gacha taniqli badiiy jamoalar ixtiyoriga beriladi. SHu sahnalarda o'tkaziladigan tadbirlar davomida 10 mingga yaqin shaharliklar va mehmonlarga sumalak, bahoriy taomlar tarqatiladi.

Xuddi shunday ommaviy tadbirlarni viloyatdagi qolgan shahar va tumanlarda ham o'tkazish rejalashtirilgan. Viloyat hududidagi 418 ta mahallada aholi uchun bayram dasturxonlari yoziladi. Kam tahminlangan, boquvchisini yo'qotgan 41 oila farzandlariga atab o'tkaziladigan sunnat to'ylari esa Navro'z tantanalariga ulanib ketadi.

Hozirdanoq viloyatning har bir kucha, qishloq va xiyobonlarida Navro'z shukuhi kezib yuribdi. Birgina Farg'ona shahrining ko'chalarida ellikka yaqin yirik panno va peshlavhalarda Navro'zni ulug'lovchi, tarannum etuvchi dahvatkor shiorlar, ko'rgazmalar o'z aksini topgan.

 

G'oliblar respublika bosqichida qatnashadi

Prezidentimizning 1999 yil 10 iyunda qabul qilingan "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi farmoni iqtidorli qizlarni aniqlash va rag'batlantirishda muhim omil bo'lmoqda.

Farg'ona shahrida ushbu mukofotga nomzodlar tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Unda shahar va tuman bosqichlaridan saralangan 49 nafar qiz ishtirok etdi.

- Mazkur mukofot yurtimiz qizlarining orzu va intilishlari ifodasiga, faxru iftixoriga aylandi, -deydi O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo. - Shahar va tumanlarda, chekka qishloqlarda iste'dodli qizlarni kashf etishda bu tanlov muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farona viloyati shahar va tuman bosqichlarida 829 nafar qiz mukofotga da'vogarlik qilgani ham tanlovning nechog'li nufuzga ega ekanini ko'rsatib turibdi.

Tanlov hay'ati a'zolari ishtirokchilarning ijodiy va ilmiy ishlari, bilim va ko'nikmalari, iste'dod va mahoratini xolisona mezonlar asosida ko'rib chiqib, adabiyot, madaniyat, san'at, fan va ta'lim yo'nalishida eng yuqori natijalarga erishgan besh nafar qizni gg'olib deb topdi, deyiladi O'zA xabarida.

Ular tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

 

 

"Yangi avlod - 2009" bolalar ijodiyot festivalining viloyat bosqichi yakunlandi.

O'tgan 5 yil mobaynida Respublikamizda "Yangi avlod" bolalar ijodiyot festivalining o'tkazilishi mamlakatimiz madaniy hayotida o'ziga xos hodisa bo'ldi.

"O'zbekiston madaniyati va San'at forumi" jamg'armasi va Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti hamkorlikda tashkil etilgan festival O'zbekiston bolalar ijodiyotining eng yahshi namunalarini namoyon etib, xalqimiz iste'dodlariga naqadar boy ekanligini namoyon etmoqda.

2009 yil 7 noyabr kuni Farg'ona shahridagi San'at kollejida "Yangi avlod-2009" bolalar ijodiyot festivalining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu festivalda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan 2008 yilda 1262 nafar yoshlar ishtirok etgan bo'lsa, 2009 yil "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili"da ushbu ko'rsatkich tuman va shahar bosqichlarida 1513 nafar yoshlarni tashkil etdi. Shulardan 565 nafar yoshlar viloyat saralash bosqichiga yo'llanma oldilar.

Festival yakunlariga ko'ra 39 nafar ishtirokchilar Respublika bosqichiga yo'llanma oldilar.

 

Farzandingman, O'zbekiston!

"O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega... (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-modda)."

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko'rgazmalar zalida Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yiliga bag'ishlangan "Farzandingman, O'zbekiston!" mavzuida ko'rgazma tashkil etildi. Unda farg'onalik musavvir Xristofor Kan asarlari san'at ixlosmandlari e'tiboriga havola etildi.

Ko'rgazmaning ochilishida O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi T.Qo'ziyev Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ko'p millatli yurtimizda san'atning barcha yo'nalishlari kabi tasviriy san'at sohasida ijod qilayotgan ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ibratli ishlar o'zining yuksak samaralarini berayotganini ta'kidladi. Mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo ahillik va totuvlik, bag'rikenglik muhiti bunday ezgu ishlarda muhim omil bo'layotir.

Izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi doirasida yurtimizning barcha hududlarida mehnat qilayotgan ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi qishloq va ovullarda, aholi punktlarida badiiy ko'rgazmalar, "Tasviriy san'at haftaligi", ma'rifiy anjumanlar, davra suhbatlari o'tkazilmoqda. Bu jarayonda yurtimizning turli hududlarida ijod qilayotgan musavvirlar asarlarini targ'ib va tashviq etish, badiiy va foto ko'rgazmalar tashkil etish alohida e'tiborda.

Farg'onalik rassom Xristofor Kan asarlarida asosan o'zbek va koreys xalqlarining an'analari, urf-odatlari, go'zal qadriyatlari aks etgan. Rassom respublika va xalqaro miqyosdagi qator ko'rgazmalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Ko'rgazmada musavvirning ona yurtimizning tabiati, qishloqlari tarovati, samimiy, bag'rikeng, ochiqko'ngil va mehnatsevar kishilari tasvirlangan turkum asarlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etilgan.

 

 

"Ectaco" kompaniyasini taqdimoti

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg'ona filiali binosida "Ectaco" kompaniyasining dunyoviy zamonaviy yangi axborot texnologiyalarining ko'rgazmali taqdimoti bo'lib o'tdi. Yig'ilganlar oldida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari O.B.Mansurov  nutq so'zlab, bu taqdimotni nafaqat Farg'ona viloyatida balki butun O'zbekiston va Markaziy Osiyoda burunchi marta o'takizilayotganini alohida ta'kidlab o'tdi.

Yig'ilganlar e'tiboriga "Ectaco" kompaniyasini zamonaviy texnologiyalar yordamida o'qiv metodikasini qo'llash afzalliklari va qulayliklari haqidagi ko'rgazmali videolavha namoyish etildi. (Taqdimot haqida to'liq ma'lumot keyinroq joylashtiriladi)

 

ЁШ ОИЛАЛАРГА -ЯНГИ УЙЛАР

Марғилон шаҳрининг Бурҳониддин Марғилоний номли кўчасида 36 та оилага мўлжалланган мукаммал таъмирланган, 4 қаватли турар-жой биноси фойдаланишга топширилди.

Янги уйлар ёш оилаларга  Ипотека банки орқали имтиёзли кредитга берилди.  2,3,4 хоналардан иборат бўлган мазкур иншоотнинг таъмирлаш ишларини «Бунёдкор» хусусий қурилиш ташкилоти қурувчилари бажаришди.

Янги уйларни фойдаланишга топшириш маросимида шаҳар ҳокими Илҳом Маматов иштирок этиб, ёш хонадон соҳибларини қизғин муборакбод этди.

 

ГФР ЭЛЧИХОНАСИ БИЛАН ҒАМКОРЛИКДА

Немис миллий маданий марказ раҳбари Нина Айхвалpд ва ўринбосари Мария  Гейцин 6-мактабга ҳар тарафлама ёрдам кўрсатишмоқда. Немис миллий маданий марказининг Фарғона шаҳри Қиргули мавзесидаги офисида очилган  компьютер саводхонлиги, рақс, хор тўгараклари ва немис тилини ўрганиш курсларига  турли ёшдаги қизиққан кишилар боришади. Июл ойида Германия Федератив Республикаси элчихонаси ҳомийлигида ёзги кундузги лагер ташкил этилди. Бу лагерда  20 нафар 6-мактаб ҳамда Марғилон академик лицейида таълим олаётган ёшлар ҳордиқ чиқардилар.

Яқинда машҳур немис эртакчилари ака-ука Гриммлар қаламига мансуб «Бремен созандалари» номли эртак саҳналаштирилди. Тошлоқ тумани дала меҳнатчиларига ушбу асар, немис тилида куйланган қўшиқлар, ижро этилган ўзбекча, немисча рақс намойиш этилди.

Энди мактабда «Ҳосил байрами» тадбирига тайёргарлик қизитиб юборилди.  Бу хайрли ишларга мактабда ёшларга сабоқ бераётган ГФР фуқаролари Марлис Байерсдорф, Винфрид Берманд каби фидойи педагоглар ҳам бош-қош бўлишаётир.

 

Yo`llar ravon bo`ladi

“Farg`onaavtoyo`l” hududiy yo`llardan foydalanish davlat tashkiloti ishchi xizmatchilari viloyat hududidan o`tgan yo`llarning sifati va holatini saqlash yo`lida astoydil mehnat qilishmoqda. Ushbu yo`llarning 3979 km.i umumfoydalanuvdagi avtomobil yo`llari bo`lsa, 16 ming 585 km.i esa umumfoydalanuvga kirmagan yo`l va ko`chalardir. Shulardan 9326 km.ini qishloq joylardagi yo`llar tashkil etadi. 
Ayni paytda viloyat yo`lsozlari qishloq joylarida ham ulkan hajmdagi qurilish, bunyodkorlik ishlarini olib borishmoqda. Korxona rejasiga asosan joriy yilda 160,3 km uzunlikdagi qishloq yo`llarini qurish, to`liq va o`rta ta'mirlash uchun 1 mlrd.18 mln. so`mlik mablag` sarf etilishi ko`zda tutilgan. Shu kunga qadar korxona ishchi xizmatchilari tomonidan belgilangan ishlarning 110,9 km.i yoki 609,8 mln so`mlik ish hajmi bajarildi.
- Joriy yil dasturida viloyatning 166 ta qishlog`idagi ko`chalar ta'mirlanishi ko`zda tutilgan bo`lib, hozirda bu borada amaliy chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Hozir bu yo`llarda asfaltlashtirish, tuproq yo`llarga shag`al yotqizish, shag`al yo`llarni ta'mirlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda, - deydi “Farg`onaavtoyo`l” yo`llardan foydalanish davlat tashkiloti bosh muhandisi To`lqin Madrahimov. 
Shunisi e'tiborliki, viloyat yo`lsozlarining amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari aniq reja, monitoring kuzatuvlari va tahlillar asosida olib borilmoqda. Xususan, Rishton tumanining Uchariq qishlog`iga kirish yo`lining 10 km.i to`liq ta'mirdan chiqarildi. Natijada tuman markazini aylanib o`tish masofasi bir necha km.ga qisqardi. Shu kabi ishlar viloyatning boshqa tumanlarida ham bajarib kelinmoqda. Misol uchun Farg`ona tumanidagi Satkak qishlog`ida 0,6 km uzunlikda yangi asfalt yo`li yotqizildi. Mazkur 70 mln. so`mlik loyihaning hayotga tadbiq etilishi natijasida qishloq aholisini Farg`ona shahriga borib kelishlarida qulayliklar yaratildi. Bundan tashqari tumanda shu kunga qadar 10 km uzunlikdagi qishloq yo`llarida 68,1 mln so`mlik to`liq va o`rta ta'mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek yil oxiriga qadar jami 4 km uzunlikda yangi yo`llar barpo etilishi ham rejalashtirilgan.
- Ayni paytda ish olib borayotgan yo`limizning uzunligi 2280 km bo`lib, uning katta qismini ta'mirlab bo`ldik. Yo`lsozlarimizning mehnati samarasi, bu aholimizning uzog`i yaqin yo`llari ravon bo`layotganligida. Biz bundan hursandmiz,-deydi yo`l ustasi Qobiljon Toshmatov.
Farg`ona tumanidagi “Mindonobod” mahalla fuqarolar yig`ini hududida 2500 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mazkur qishloqda ham dastur asosida yo`l qurilish ishlari yakuniga yetkazildi. 
- Mahallamizda ta'mirtalab ko`chalar ta''mirdan chiqarildi. bundan tashqari salkam bir kilometrga yaqin tuproq ko`bchamiz asfaltlandi. Anchadan beri yul borasida yechilmay kelayotgan muammo hal etilganidan barchamiz birdek xursandmiz. Bu mahallamiz ahliga bayram sovg`asi bo`ldi, - deydi mahalla raisi Solijon aka Ibrohimov. 
Birgina Buvayda tumanining o`zida shu kunga qadar qishloq yo`llarini qurish va ta'mirlash uchun 40 mln. so`m mablag` sarflandi. Natijada tumanning Urganji va Jiydali kabi qishloqlaridagi yo`llar qiyofasi tubdan o`zgardi.
Joylardagi yo`llarning obod etilishi bilan bir qatorda qishloq joylari infratuzilmasi ham rivojlanib bormoqda. Qishloqlardagi yo`llar yoqasida yoqilg`i quyish, maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish maskanlari barpo etilyapti. 
Bir so`z bilan aytganda qishloqlarimiz timsolida yurtimiz yanada obod bo`lib borayotganligi kishini quvontiradi.
03.09.2009

БОР БЎЛСИН САХОВАТ

«Нуроний» жамғармаси Қувасой шаҳар бўлинмасининг ташаббуси билан шаҳарнинг Лашкар қишлоғида хотира тадбири ўтказилди. 
Тадбир Лашкар қишлоғидаги 12-мактабда ўқитувчи, директор, кейинчалик Қувасой жамоа хўжалиги раиси, шаҳар коммунал хўжалиги раҳбари лавозимларида фаолият олиб борган ва муносиб фарзандлар тарбиялаган фидойи инсон Жўрабой ота Дадабоев хотирасига бағишланди. «Нуроний» жамғармаси Қувасой шаҳар бўлинмаси ижрочи директори Йўлдошали Замонов Жўрабой ота Дадабоевнинг ҳаёт йўли ёшларимиз учун ибрат мактаби эканлиги ҳақида гапирди. Шаҳар бош имом хатиби Алишер ҳожи Жўрабой ота ва шу каби инсонлар хотирасига Қурoон тиловат қилди.
Ҳайдарали Усмонов, Лашкар фуқаролар йиғини жамоатчилик маркази раиси, маориф фахрийси Мамарасул Абдурасулов, «Ма-ҳалла» жамғармаси шаҳар бўлими раиси Тўрахўжа Мирзажонов Жўрабой отанинг шаҳарни ободонлаштириш, кўкаламзорлаштириш, мевали боғлар яратишдаги, кўча ва йўлларни асфалpтлаш, аҳолини газ ва ичимлик суви билан таoминлашдаги фаолияти ҳақида гапирдилар. 
Отанинг саховатли фарзандлари 12-мактабнинг намунали хулқи, фанларни ўзлаштиришдаги муваффақияти ва жамоат ишларидаги фаоллиги билан бошқаларга ўрнак кўрсатаётган ўқувчиларидан 10 нафарига 10 минг сўмдан Жўрабой ота Дадабоев стипендияси таoсис этганликларини айтдилар.
Ғолибларга стипендиялар тантанали равишда топширилди.
23.07.2009

Тарғибот-ташвиқот гуруҳлари Фарғонада

Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўн саккиз йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш бўйича Республика комиссиясининг 2009 йил 26 июндаги 07/1-500-сонли ҳамда Тошкент шаҳрининг 2200 йиллигини нишонлашга тайёргарлик кўриш ва юбилей тадбирларини ўтказиш бўйича Республика комиссиясининг 2009 йил 17 июндаги 07/1-479-сонли йиғилишлари қарорлари ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг 14-18 июль кунлари Республика тарғибот гуруҳлари томонидан вилоятнинг шаҳар ва туманларида аҳолининг кенг қатламлари ўртасида маърифий учрашувлар, жонли мулоқот ва суҳбатлар, маданий тадбирлар ўтказилди.
Учрашувлар вилоят ҳокими томонидан 2009 йил 13 июлда тасдиқланган 60-12-1-сонли жадвалга мувофиқ ўтказилди. 4 гуруҳдан иборат тарғибот гуруҳлари Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси Дин ишлари бўйича қўмита раиси О.Юсуповнинг раҳбарлигида ҳамда Ўзбекистон Республикаси Мусулмонлар идораси раиси ўринбосари А.Мансуров, Тошкент кимё-технология институти ректори С.Туробжонов, Тошкент иқтисодиёт университети проректори А.Бекмуродов, РБММ директори ўринбосари М.Нурматова, ТДПИ профессори Н.Маҳмудов, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, шоира М.Улуғова, ТДЮИ кафедра мудири М.Баратов, ЎзРФА Тарих институти директори ўринбосари А.Аширов, “Ўзбеккино” миллий агентлиги ходими Ҳ.Саттаров, “Фарғона ҳақиқати” газетаси бош муҳаррири, ёзувчи А.Ибодинов, вилоят ёзувчилар уюшмаси масъул котиби Э.Сиддиқова, шоир И.Маҳмуд, Ўзбекистон халқ артисти М.Тўхтасинов, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артистлар И.Иброҳимов ва А.Каримов, “Ниҳол” мукофоти совриндори Ш.Рустамова, хонандалар Н.Асқаров, Т.Шокиров, Я.Мўминов, Қ.Мадалиев, О.Тилланазаровлардан иборат таркибда фаолият кўрсатди.
Тарғибот гуруҳлари томонидан вилоятнинг шаҳар ва туманларида маҳалла вакиллари, фахрийлар, фермерлар, таълим ва соғлиқни сақлаш ҳамда ишлаб чиқариш вакиллари, ўқувчи-ёшлар, имом хатиблар билан 40 дан ортиқ учрашувлар ўтказилди.
21.07.2009

ПРЕСС-РЕЛИЗ

2009 йилнинг 27 июн куни Фарғона Офицерлар Уйида “Аскар оналарни шарафлаймиз” номли тадбир ўтказилди. Вилоят хокимлиги, хотин-қизлар Қўмитаси, вилоят мудофаа ишлари бошқармаси ва Шарқий харбий округ қўмондонлиги билан ҳамкорликда ўтказилган ушбу тадбирга шаҳар, туманлардан 260 нафар бугунги кунда республикамизнинг турли вилоятларидаги харбий қисмларда ўз аскарлик бурчини ўтаётган йигитларнинг оналари таклиф этилди.
Аскар оналарни Шарқий Харбий округ қўмондонининг офицер ва аскарлари гуллар билан кутиб олишиб, харбий қисмларда аскарларга берилаётган кийим-кечаклар, озиқ-овқатлари ва қурол-яроғлари намуналаридан ташкил топган кўргазмани томоша қилишди.  
Шарқий Харбий Округ қўмондонининг ўринбосари Д.Усмонов Ўзбекистон Қуролли кучларидаги ислоҳотлар, харбий қисмларда яратилган шарт-шароитлар хақида, вилоят ҳокимлигининг котибият мудири Х.Тожибоева “Ўғлонларимизни она-юртга муҳаббат руҳида тарбиялашда оналарнинг роли” мавзуларида маъруза қилишди. Шунингдек, тадбирда Фарғона Давлат Университети психология кафедраси ўқитувчиси Н.Тўйчиева, вилоят Ёзувчилар уюшмаси масъул котиби Э.Сиддиқова, иштирок этишиб, хотин-қизларнинг жамиятда, оилада, фарзанд тарбиясидаги ўрни хақида фикр-мулоҳазалар билдириш. Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндори, Фарғона Давлат Университети талабаси Нилуфар Абдуғаниева, шоиралар Гўзалой Эргашева, Ханифахон Умматқуловалар Ватан, ёшлик, муҳаббат тўғрисидаги шеърлари билан қатнашдилар.
Тадбир иштирокчилари харбий қисмлардаги аскарларнинг ҳаётига оид слайдлар билан танишдилар ва бошқа вилоятларда хизмат қилаётган аскарларнинг интервьюлари намойиш этилди.
Тадбир иштирокчиларига шаҳар, туман ҳокимликларининг эсдалик совғалари топширилди ва Фарғона, Марғилон шаҳар маданият уйидаги ансамбл қатнашчилари иштирокида катта байрам концерти намойиш этилди.

ПРЕСС-РЕЛИЗ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2004 йил 25 майдаги ПФ-3434-сонли “Ўзбекистон хотин-қизлар қўмитасининг маънавий қўллаб-қувватлашнинг қўшимча чра-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони ҳамда 2009 йил 13 апрел ПҚ-1096-сонли “Она ва бола саломатлигини муҳофаза қилиш, соғлом авлодни шакллантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорининг бажарилишини таъминлаш ҳамда аёлни муқаддас билиш, унга алоҳида эҳтиром кўрсатиш, озод ва обод юртимиз келажаги бўлган хар томонлама етук ёшларни тарбиялашдаги беқиёс ўрнини яна бир бор эътироф этиш мақсадида Фарғона нефтни қайта ишлаш корхонаси томонидан июн ойи “Аёлларни эъзозлаш ойи” деб эълон қилинган.
Ойлик давомида Фарғона нефтни қайта ишлаш корхонасида меҳнат қилаётган 3 мингга яқин ишчи-хизматчи аёлларнинг меҳнатини улуғлаш, уларни саломатлиги ва меҳнатини мухофаза қилишни кучайтиришга қаратилган талайгина маданий-маърифий тадбирлар ўтказилди. Жумладан, корхонада ишаётган 3 мингга яқин ишчи-хизматчи хотин-қизлар рак касаллигини олдини олиш бўйича бепул тиббий кўрикдан ўтказилиб, завод томонидан 100 млн.сўм маблағ сарфланди. Ишчи-хизматчи хотин-қизларни моддий қўллаб-қувватлаш мақсадида уларнинг хар бирига энг кам иш хақининг 3 баравари миқдорида мукофот пуллари берилди. 
Фарғона нефтни қайта ишлаш заводи ишчи-хизматчилари билан таниқли шоира Турсуной Содиқова ва Зуҳра Алиевалар билан учрашув кечаси ўтказилди. Учрашув кечасида Турсуной Содиқова кейинги чоп этилган китоблари, аёлнинг тадбиркорлиги, иффат ҳаёси, эркакларнинг ор-номуси, одамийлиги, ота бўлиш ва она бўлиш масъулияти, оила муқаддаслиги, никоҳнинг муқаддаслиги,бола тарбиясида ота-оналарнинг ва жамоатчиликнинг ўрни хақида фикрлар билдирилди.
Ойлик доирасида 2009 йилнинг 26 июн куни соат 10-00да Фарғона нефтни қайта ишлаш корхонасига қарашли Фарғона туманида жойлашган “Водил” оромгоҳида “Аёл маънавияти” мавзусида маданий-маърифий тадбир ўтказилди. Ушбу тадбирда вилоят ҳокимлигининг котибият мудири Х.Тожибоева, вилоят хотин-қизлар Қўмитасининг “Раҳбар аёллар” клуби аъзолари: вилоят Ёзувчилар уюшмаси масъул котиби, шоира Энахон Сиддиқова, вилоят хотин-қизларининг “Ойдин” газетаси муҳаррири Х.Каримова, шоира Зуҳрахон Алиева, Тошкент Тиббиёт Академиясининг доценти Ё.Нуъмонова, Фарғона Давлат Университети ўқитувчиси Н.Тўйчиевалар иштирок этишиб, маъруза қилишди.
Вилоят Маънавият Тарғиботи Маркази раҳбари Ф.Зохидов завод хотин-қизлар қўмитасининг кутубхонасига буюк алломалар хақидаги бадиий адабиётлар совға қилинди.

Шу азиз Ватан барчамизники ДЎСТЛИКДАДИР ОБРЎ-КУЧИМИЗ

Фарғона вилояти славян маданий марказининг ҳисобот-сайлов конференцияси бўлиб ўтди.
Вилоят славян маданий марказининг уч йиллик фаолияти бўйича марказ раиси Сергей Федоров ҳисобот берди. Ўтган йиллар мобайнида вилоятда яшаётган славян диаспораси миллий меросини сақлаш ва ривожлантириш борасида жуда кўп хайрли ишлар қилинди. Одамлар онгида ватанпарварлик, бирдамлик, якдиллик туйғуларини шакллантиришга хизмат қилувчи 128 та турли тадбирлар, жумладан «Фантазия» рақс театри ҳамда «Зарянница» ансамбллари иштирокидаги 36 та концерт ташкил этилди. Наврўз, Мустақиллик, умумхалқ байрамлари, Конституция кунига бағишланган байрам дастурлари айниқса кўтаринки руҳда ўтказилди.
Марказ томонидан ҳомийлик ёрдамлари ҳам кўрсатиб келинмоқда. Иккинчи жаҳон уруши, меҳнат фронти қатнашчиларига, «Саховат» қариялар уйига ёрдам кўрсатилмоқда.
Анжуманда «Вдохновение» ансамбли раҳбари Л.Касанова, Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси М.Рогожин, татар маданий маркази раҳбари Р.Тугушевлар сўзга чиқдилар.
Республика рус маданияти маркази раиси, Ўзбекистон Республикаси Сенати аъзоси С.Герасимова марказ ишини юқори баҳолаб, фаолларга республика марказининг Фахрий ёрлиқларини топширди.

ИЖОДКОРЛАР ЙЎНАЛИШИ

Фарғона шаҳрида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Фарғона, Андижон, Наманган вилоятлари бўлимларининг қўшма йи-ғилиши бўлиб ўтди. Йиғилишни Ёзувчилар уюшмаси Фарғона вилоят бўлими масъул котиби Э.Сиддиқова очди ва олиб борди. Фарғона водийси, хусусан Фарғона вилоятида мустақиллик йилларида ҳар соҳада бўлганидек, адабий жараён ҳам жадал ривожланди. Бир қатор истеъдодли шоир ва адиблар қатор асарлари билан эл олқишига сазовор бўлмоқдалар. Ёшлар ижодига эътибор юксалди. Марғилон шаҳридаги «Жаҳон отин Увайсий» адабий тўгараги аъзоларидан уч нафари Зулфия мукофоти лауреати бўлди. «Марғилон мушоираси» анъанавий кўрик-танловининг йилдан йилга обрўйи ошиб, миқёси кенгайиб бормоқда. Андижон ва Наманган вилоятларидаги адабий ҳаракат ҳақида ҳам шундай дейиш мумкин. Шу билан бирга водий матбуоти, нашриётларида чоп этилаётган сара асарларни республика миқёсига олиб чиқиш, тарқатиш масалаларини ижобий ҳал этиш муаммоси ҳам мавжуд. Адабий тўгараклар ишини замон талаблари даражасида ташкил этиш, тўгараклар масъул мутасаддиларини моддий ва маънавий рағбатлантириш, марҳум ижодкорлар хотирасини улуғлаш ва бошқа бир қатор масалалар ҳам йиғилишда кўриб чиқилди.
Йиғилишда Ўзбекистон халқ шоири Охунжон Ҳакимов, Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси Наманган ва Андижон вилоятлари бўлимлари раҳбарлари Зиёвуддин Мансур, Хуршидабону ва бошқалар сўзга чиқдилар. Водий вилоятлари ёш ижодкорлари вакилларининг чиқишлари ҳам мароқли ва фойдали бўлди.
Йиғилиш якунида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раиси Бобур Алимов якунловчи нутқ сўзлади.

Andijon viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakatlari yuzasidan

Quva tumani hokimligi majlislar zalida yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Andijon viloyatiga tashrifi to`g`risidagi ko`rsatuvni qatnashchilarga ko`rsatib berish bilan boshlandi.
Shundan so`ng so`zga chiqqan - tuman hokimi A.Madaminov joriy yilning 26 may kuni Andijon viloyatining Xonobod shaxrida milisiya postiga noma'lum shaxslar tomonidan portlovchi moslamalardan foydalangan xolda hujum uyushtirilib, qorong`ulikdan foydalanib qochib ketganligi, 26 - may kuni soat 13:45 - 14:00 da Andijon shaxrida noma'lum shaxs o`zini-o`zi portlatib yuborganligi, amalga oshirilgan mazkur terrorchilik hatti-harakatlari oqibatida bir nafar milisiya xodimi xalok bo`lganligi xamda bir necha fuqarolar tan jarohati olganligi, hozirda ushbu holatlar bo`yicha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi, ayni paytda Andijon viloyatida vaziyat barqarorligi, barcha idora, tashkilot va muassasalar odatdagidek ishlayotganligini ushbu holatlar mustaqil davlatimizning, fuqarolarini osoyishtaligiga, tinch-totuv yashab, mehnat qilishliklariga hech qanday ta'sir ko`rsatmaganligi haqida alohida to`xtalib o`tdi. Shu sababli sarosimaga tushmasdan, har-xil noto`g`ri gap so`zlarga ishonmaslik hamma o`z ishi va vazifalari bilan shug`ullanishligi lozim.
Shuningdek so`zga chiqqan tuman IIB boshlig`i S.Sayidmusaev, tuman prokurori A.Huronboev, "Nuroniy" jamg`armasi raisi T.Abduraimov, "Mahalla" jamg`armasi raisi B.Shalimovlar yurtimizning tinchligini asrash barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi, aslo beparvo bo`lmasligimiz, o`z uyimiz, mahallamizni turli shubhali kimsalarning kirdikorlaridan, ular tarqatish mumkin bo`lgan uydirma va mishmishlardan asrashimiz, yoshlarimizni turli ekstremistik va yot oqimlarning ta'siriga tushib qolishini olidini olishimiz lozimligi haqida gapirib o`tdilar.

IV Milliy xalqaro "Oltin qalam" tanlovi SHODLIGINGIZGA SERIKMIZ, SOBIRJON!

Jahon matbuoti erkinligi arafasida IV milliy xalqaro "Oltin qalam" tanlovi yakunlandi. Taniqli jurnalist, Farg`ona tumani "Vodil yog`dusi" gazetasi muharriri Sobirjon Dadaxo`jaev tanlov yo`nalishida g`olib deb topildi. Odamlarga, ona-tuproqqa mehr-muhabbat balqigan jo`shqin badia, ocherk, lavhalari bilan o`z o`quvchisini topib olgan Sobirjon Dadaxo`jaev gazetamizning faol jamoatchi muxbiri. Unga "Shodligingizga sherikmiz, Sobirjon", deymiz. Oltin qalamingizdan to`kilgan satrlar hamyurtlarimiz qalbiga yetib borsin, ijod qilib charchamang.

Dil izhori AHOLI MAMNUN

Marg`ilon shahrining Kaptarli Mozor guzarida keyingi yillarda aholi soni keskin ko`paydi. Yangi ko`chalar, yangi oilalar barpo bo`ldi. Xonadonlar tabiiy gaz bilan ta`minlandi. Ammo ikki-uch yildan buyon gaz ta`minoti xonadonlar iste`moli talabiga javob bermay qo`ydi. Bu muammo N.Otajonov nomli ko`chada istiqomat qiluvchilarni qiynab qo`yayotgandi. 
Mahalliy aholining haqli talabini o`rganib chiqqan "Sanoatkontexnazorat" ning viloyatdagi nazorat qilish inspeksiyasi bu ishni shu korxona inspektori Zafarjon Isroilovga topshirdi. U gaz kelmay qolish sabablarini puxta o`rgandi va yechimini topdi. Gaz tarmog`i past bosimdan o`rta bosimga o`tdi. 
Tabiiy gaz oqimining aylanma harorati yo`lga qo`yildi. Fuqarolar ehtiyoji qondirilib, "zangori olov" porlab yonmoqda. Aholi bundan benihoya mamnun.

TO`YLARIMIZ TEJAMLI BO`LYAPTI…

So`x tumanida Yurtboshimizning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari" risolasida belgilab berilgan tamoyillarga suyangan holda ish yuritilyapti. Kichik biznes rivojiga yanada keng yo`l ochilyapti.
Tuman hokimligi to`ylarni kamchiqim, risoladagiday o`tkazishga oid tashabbus bilan chiqdi. Bu tashabbus tuman gazetasi, radio- televideniesida o`qib eshittirildi. Ayniqsa, to`ylardagi sarf-xarajat raqamlarda aks ettirilib, ixchamlashtirish yo`llari ko`rsatilgani ayni muddao bo`ldi. Qarangki, to`ylarni ixcham o`tkazish bois bitta oilada naqd 2 million so`m tejalar ekan. 
So`xliklar ixcham to`ylardan tejalgan mablag`ni farzandlarimizni ilm-ma`rifatli bo`lishi, kamolotga erishishi yo`lida sarflaymiz, demoqdalar.

So`x tumani. Oilaviy ta`lim dasturi TADBIR SERMAZMUN

Yaqinda Shoberdi MFYda "Oilaviy ta`lim dasturi - hayotga" mavzusida teatrlashtirilgan shou dasturi mahalla, QVP xodimlari va maktab hamkorligida tashkil etildi. Dasturda homilador va emizikli ayollarning ovqatlanishi, bola barkamol bo`lib o`sishi uchun lozim bo`lgan shart-sharoitlar, ayollar va bolalarda uchraydigan kasalliklar, OIV/OITSning oldini olish va odam savdosi jinoyatiga oid sahna ko`rinishlari namoyish etildi. Har bir sahna ko`rinishidan so`ng mutaxassis ma`ruzasi tinglandi.

IJODIY UYUShMA FAOLIYATIGA BIR NAZAR

O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo`limi hisobot saylov yig`ilishidan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg`ona viloyat bo`limi boshqaruvi o`tgan besh yil davomida olib borgan faoliyati bilan respublikamizdagi eng nufuzli, namunali bo`limlardan biriga aylandi. O`rganishga, ommalashtirishga arziydigan boy tajriba to`pladi. Viloyat jurnalistika sohasini rivojlantirish, qalam ahlini yangi ijodiy parvozlarga ruhlantirish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, ijodlarini munosib rag`batlantirish, yosh jurnalist kadrlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar chindan ham salmoqlidir.
Viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan yetmishdan ziyod bosma nashr, oltita televidenie, bitta FM radiosida qizg`in mehnat qilayotgan uch yuzdan ortiq ijodiy xodimlar faoliyatini zamon talablari darajasiga ko`tarish, ularning jamiyatda tutgan o`rni va mavqeini yanada mustahkamlash, manfaatlarini himoya qilish jamoat tashkiloti sifatida uyushma viloyat bo`limining bosh maqsadiga aylandi. Har yili Mustaqillik, Navro`z bayramlari, Xotira va qadrlash kuni arafasida viloyat OAV da uzoq yillar ishlab, hozir qarilik ta`tilida bo`lgan ustozlardan xabar olish, ko`ngillarini ko`tarish singari tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo`limining o`tgan besh yil davomida olib borgan faoliyati sarhisobiga bag`ishlab o`tkazilgan hisobot saylov yig`ilishida ana shu xayrli ishlar tilga olindi, tahlil qilindi va navbatdagi vazifalar belgilab olindi.
-Kasaba uyushmalar viloyat Kengashi bilan hamkorlikda o`tgan besh yil mobaynida 80 nafar jurnalistga "Chimyon" sanatoriysiga bepul yo`llanma berildi, - dedi yig`ilishda hisobot ma`ruzasi qilgan uyushma viloyat bo`limi raisi Muhammadjon Obidov, - 24 nafar jurnalistning Samarqand va Buxoro shaharlariga olti kunlik sayohati tashkil etildi. Andijon va Namangan viloyatlari jurnalistlarini Farg`onaga taklif etib, OAV faoliyati bilan tanishtirdik. Viloyat gazetalarining maxsus qo`shma sonlari chop etildi. Xuddi shunday anjumanlar Namangan va Andijonda ham bo`lib o`tdi.
Viloyatimiz ijodkorlarining qo`shni viloyatlardagi hamkasblari bilan tajriba almashish an`anasi keyinchalik Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari bilan ham davom etdi. 2008 yilda 14 nafar yoshlarning respublikamiz yetakchi bosma OAV da bir haftalik ijodiy -amaliy o`quvi tashkil etildi.
Viloyatimizda chop etilayotgan gazetalar muharrirlaridan 21 nafari poytaxtimizda malaka oshirib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, senatining tegishli qo`mitalari, oliy o`quv yurtlarida sohaga oid bilim va ma`lumot bilan tanishdilar.
2009 yilning yanvarp oyidan e`tiboran reja asosida har oyda bir marta bitta gazeta faoliyati, tahririyat va muassis o`rtasidagi shartnoma ijrosi, OAV faoliyatiga doir qonunlar ijrosining nazorat tahlili o`tkazib kelinmoqda.
Bunday ijodiy uchrashuvlar, seminarlar, malaka oshirish, o`quv va boshqa ko`plab foydali tadbirlar shubhasiz o`z samaralarini bermoqda. Masalan so`nggi besh yilda Farg`onalik jurnalistlardan 11 nafari "Yilning eng faol jurnalisti", "Eng ulug`, eng aziz" respublika tanlovlarining sovrindorlari bo`ldilar. 7 nafar hamkasbimiz esa "Oltin qalam" milliy mukofoti xalqaro tanlovida g`olib chiqdilar. Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan jurnalistlar safi ham yil sayin kengayib bormoqda. Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan ko`rsatilayotgan katta g`amxo`rlik hamda e`tibor jurnalistlarni yanada ijtimoiy faol bo`lishga, barakali ijod qilishga ruhlantirmoqda. Anjumanda uyushma viloyat bo`limi taftish komissiyasi raisi Rustamjon Oripovning ham axboroti tinglandi.
Har ikki masala yuzasidan so`zga chiqqan Marg`ilon televideniesi rahbari Baxtiyorjon Toshpo`latov, "Istiqbol yo`li" gazetasi bosh muharriri Hadichaxon Karimova, "Rishton haqiqati" gazetasi bosh muharriri Hamidjon Burhonov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo`limi mas`ul kotibi Enaxon Siddiqova va boshqalar uyushma viloyat bo`limining amalga oshirgan ishlari haqida atroflicha fikr yuritib, serqirra faoliyatini ijobiy baholadilar.
Yig`ilishda viloyat hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha yordamchisi Zokirjon Rahimov qatnashib, viloyatimiz OAV xodimlari oldida turgan vazifalar, erishilgan yutuqlar bilan birga foydalanilmagan imkoniyatlar, kamchiliklarga e`tiborni qaratdi.
Hisobot saylov yig`ilishida uyushma viloyat bo`limining besh yillik faoliyati qoniqarli deb topildi. O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg`ona viloyat bo`limining 13 kishidan iborat boshqaruv a`zolari, bo`lim raisi etib yana "O`zbekiston ovozi" gazetasining viloyatimizdagi muxbiri, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov saylandi. Shuningdek, uyushmaning respublika hisobot saylov konferensiyasiga delegatlar ham ko`rsatildi.

Ekologik madaniyatni yuksaltirish yo`lida GULLAR VA QUShLAR BAYRAMI

Kollejimizda erta bahordan obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. "Gullar va qushlar bayrami" ana shu ishlarning samarasi sifatida g`oyat shukuhli bo`ldi.
Tadbirda o`quvchilar tomonidan tayyorlangan ko`rgazmalar namoyish etilib, guruh rahbarlari boshchiligida devoriy gazetalar, referatlar, flora va fauna olamiga doir so`nggi ma`lumotlar, jonli burchaklar tashkillandi. Viktorina savollariga javoblar berildi. Biologiya fani bo`yicha olgan bilimlarini erkin mavzular asosida ifoda etishdi.
Kollej bilan hamkorlik qilayotgan Farg`ona Davlat universiteti tabiyot fakulteti dekani, biologiya fanlari nomzodi, dosent Valijon Karimov, botanika kafedrasi mudiri, dosent Yanvar Hakimovlar ham tadbirda ishtirok etdilar.
Ta`lim muassasalarida bunday tadbirlarni amalga oshirish o`quvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Farg`ona madaniyati va san`ati kunlari 

Toshkent Davlat jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "O`zbekiston vatanim mening" shiori ostida Farg`ona viloyati madaniyati va san`ati kunlari o`tkazildi. Bayram tadbirida Farg`ona jamoatchiligi vakillari, san`at namoyondalari, Farg`onalik talabalar, mehmonlar ishtirok etdilar. Tantanali ochilish marosimida so`zga chiqqan Farg`ona viloyati hokimligi mas`ul xodimi Adhamjon Otajonov bugungi kunda o`tkazib kelinayotgan bunday tadbirlar yoshlarni ona vataniga sodiq inson bo`lib voyaga yetishishlarida, ularni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga zamin yaratishi haqida alohida to`xtalib o`tdi.
 Universitet ma`muriyatiga viloyat hokimligining esdalik sovg`asi topshirildi. Universitetda ta`lim olayotgan Farg`onalik yigit va qizlar bayram tadbiriga mas`uliyat bilan tayyogarlik ko`rganliklari ularning sahnadagi chiqishlarida namoyon bo`ldi. Farg`onaning maftunkor tabiati, mehnatkash odamlarini aks ettiruvchi videofilm barchada katta taassurot qoldirdi. Bayramda ishtirok etgan Farg`ona farzandi, O`zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning chiqishlari ham bayramga o`zgacha fayz kiritdi.
Farg`onalik usta hunarmandlar tomonidan yaratilgan maishiy buyumlar, Marg`ilonning serjilo adraslari ko`rgazmasi tashkil etildi. 
Universitet hovlisida tikilgan dor atrofida esa Farg`onalik Shavkat polvon rahbarligida dor o`yinlari tashkil etildi. Talabalar milliy o`yinlarmizdan Farg`onacha kurash, tosh ko`tarish bo`yicha kuch sinashdilar.
 O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Jo`raxon Po`latov boshchiligidagi qo`qonlik askiyachilar guruhi chiqishlarini bayram ishtirokchilari olqishlar bilan kutib olishdi. Toshkent Davlat jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo`lib o`tgan "Farg`ona viloyati madaniyati va san`ati kunlari" Farg`onacha san`at va madaniyat namoyishi bo`ldi.

San'at kolleji faoliyatidan" YOSh IJROCHILAR" G`OLIBLARI

- Qarshi shahrida o`tkazilgan "Yosh ijrochilar" ko`rik-tanlovi o`quvchilarimiz uchun omadli bo`ldi,- dedi Farg`ona shahar sanoat kolleji direktori Yusufjon G`ofurbekov.- Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi o`rta maxsus o`quv yurtlari o`quvchilari o`rtasida o`tgan mazkur tanlovda kollejimizning 32 nafar iqtidorli o`quvchilari 7 yo`nalish bo`yicha qatnashdi. Ulardan 19 nafari sovrinli o`rinlarni egallashdi. har ikki yilda bir marotaba o`tkaziladigan "Yosh ijrochilar" ko`rik-tanlovida 1-o`rinni olgan iqtidorli o`quvchilar o`zlari xohlagan oliy o`quv yurtlariga imtiyozli kirish huquqini qo`lga kiritishadi. 
Shuningdek, bunday tanlovlar o`quvchilarimizning nazariy bilimlarini, ijrochilik mahoratlari, ya`ni kasbiy malakalarini namoyish etish imkoniyatini ham beradi.
O`quvchilarimizning katta g`alabasidan behad mamnunmiz. Bunday natija respublikamizdagi o`rta maxsus o`quv yurtlari ichida g`olib bo`lgan o`quvchilar salmog`i bo`yicha yaxshi ko`rsatkich hisoblanadi. G`oliblarimizning 3 nafari 1-o`rin va 5 nafari 2-9 nafari esa 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. Ammo bunday g`alabaga erishish oson kechmadi. Ular respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan eng iqtidorli yoshlar bilan bellashishdi. Bor iqtidor va qobiliyatini ishga solgan o`quvchilarimiz bizning ishonchimizni oqlashdi. Ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. 
Birinchi o`rin va birinchi darajali diplom sohiblari Mavlon Jalolov, Nazira Neomatjonova va Shahriyor Erkinovlar o`z ustozlari T.Qahhorov, M.A`zamov, O.Eshonovlar bergan saboqlariga amal qilib katta g`alabani qo`lga kiritdilar. Ustozga bundan-da ortiq baxt bormikan dunyoda!?

O'chmagay yaxshilar yodi YO'LDOSH SULAYMON XOTIRA KECHASI

Farg'ona sanoat kollejida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir, xassos adib, dramaturg Yo'ldosh Sulaymon xotirasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi mas'ul kotibi Enaxon Siddiqova Yo'ldosh Sulaymonning mehnat faoliyati va ijodi haqida so'zladi.

Odamoxunligi, samimiyligi, mehmondo'stligi va oliyjanob xislatlari bilan el mehrini qozongan Yo'ldosh Sulaymon Farg'ona madaniyati va sanoatini yuksaltirishga barakali hissa qo'shdi.

- Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni tadbirlari davom etyapti, -dedi so'zga chiqqan viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yordamchisi Z.A.Rahimov. - Viloyat adabiyoti, jurnalistikasi va madaniyati darg'asi bo'lib obro'- e'tibor qozongan bu ajoyib inson Oliy Majlis deputatligi davrida qonun ijodkorligida, o'zgartish va qo'shimcha kiritishda ham jonkuyarlik, zukkolik namunalarini ko'rsatgan.

O'zbekiston xalq shoirlari Oxunjon Hakimov, Anvar Obidjon va boshqalarning  fikr-mulohazalarini yig'ilganlar jon qulog'i bilan tingladi.

Tadbirda yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi qoshidagi "Oltin qalam" to'garagi hamda FarDU talabalari shoir she'rlari va o'z ijodlaridan namunalar o'qidilar.

"SALOMATLIKNING YOSH DO'STLARI"

Yaqinda Ahmad al- Farg'oniy nomli madaniyat va istirohat bog'ida "Salomatlikning yosh do'stlari" jamoalari tanlovining  viloyat bosqichi o'tkazildi. Ko'rik-tanlovda 13 ta shahar va tuman jamoalari kuch sinashdilar. Maktab o'quvchilarining tabiiy ofatlarda, baxtsiz hodisalarda hamda yuqumli kasalliklarda birinchi yordam, sanitariya gigiena qoidalari bo'yicha bilimlarini boyitish, tibbiyotga qiziqtirish, mehr-muruvvat xislatlarini tarbiyalashni ko'zda tutgan ko'rik-tanlov g'oyat qizg'in, bahs-munozaralar ruhida o'tdi.

O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati viloyat kengashi, "Kamolot" YOIH viloyat bo'limi, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi hamda Respublika "Salomatlik" instituti Farg'ona filiali vakillari va mutaxassislaridan tashkil topgan hay'at Oltiariq, Farg'ona, Rishton tumanlari jamoalarini birinchi, ikkinchi, uchinchi o'rinlarga munosib topdi.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi, giyohvandlik, OITSning oldini olish mavzusiga bag'ishlangan rasmlar va plakatlar ko'rik-tanlovida Marg'ilon shahri, Farg'ona va Rishton tumanlari jamoalariga 1,2,3-o'rinlar nasib etdi.

G'oliblar va barcha  ishtirokchilar O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati viloyat bo'limi Kengashi hamda "Kamolat" YOIH viloyat bo'limining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Qo'qon temir yo'l kasb-hunar kolleji: YOShLAR - KELAJAGIMIZ

Sog'lom, bilimdon, dono avlod ertangi kunimizni belgilaydi. Shu bois uzluksiz ta'lim tizimi hayotga tatbiq etilayotgani muhim ahamiyat kasb etadi. 1999 yilda Qo'qon temir-yo'l kasb-hunar kollejiga aylantirilgan bu bilim dargohida o'quv binolari, fan xonalari yangidan jihozlandi. 600 o'quv o'rniga ega kollejda 2 ta o'quv binosi, barcha qulayliklarga ega 100 o'rinli o'quvchilar yotoqxonasi, did  bilan  jihozlangan 30 ta umumta'lim va maxsus fan xonalari, 5 ta fan laboratoriyalari, chilangarlik, frezerlash, payvandlash, cho'yan quyuv kabi 7 ta ustaxona, majlislar va sport zallari, 25000 dan ziyod kitob fondiga ega axborot-resurs markazi, 100 o'rinli oshxona o'quvchi va  o'qituvchilarga xizmat qilyapti. O'g'il-qizlar "Buxgalter-auditor", "Kompyuter va ofis jihozlarini ishlatish va  ta'mirlash", "Metallarga ishlov berish", "Temir yo'llar elektrotexnik tizimlarini ishlatish", "Temir yo'l vagonlariga xizmat ko'rsatish", "Temir yo'l transportini ta'mirlash bo'yicha mexanik", "Yuklarni tashish va temir yo'l transporti harakatini boshqarish bo'yicha tashkilotchi-dispetcher", "Payvandlash jihozlari mexanigi", "Transport vositalaridan foydalanish va ta'mirlash" mutaxassisliklari bo'yicha saboq olishmoqda. Kollejda "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturi asosida amaliy ishlar bajarilayotir. 150 tup manzarali daraxtlar, 284 tup atirgul ko'chatlari kollejning ko'rkiga husn bag'ishlagan. 0,62 gektar ekin maydonida karam, baqlajon, bodring, mosh, loviya singari rezavor va poliz ekinlari parvarishlanmoqda. Fan olimpiadalarining ikkinchi bosqichida kollejning o'quvchisi Mahliyo Turdalieva faxrli o'rinni egallagan. Gulchiroy Toshpo'latova rahbarlik qilayotgan "qizlar klubi"ga namunali oila onalari taklif etilib, ular o'quvchi qizlarga hayotiy tajribalaridan so'zlab berishdi.

Bilim dargohida 8 ta sport seksiyasi faoliyat ko'rsatmoqda. "Boshlang'ich sinflarda jismoniy tarbiya" mutaxassisligini o'tgan yili tamomlagan Rafiq Sultonov Pekin shahrida o'tkazilgan Olimpiadada sportning boks turi bo'yicha O'zbekiston sharafini himoya qildi. Yosh sportchilar 2008 yilda "Barkamol avlod" musobaqasining viloyat bosqichida futbol va mini-futbol turlari bo'yicha  faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritganlar. Yosh bokschi Otabek Bekmurodov o'z vazni bo'yicha 2 karra O'zbekiston chempioni va bir necha bor xalqaro turnirlar g'olibi bo'lgan. Dilafro'z Muhamedova karate bo'yicha xalqaro turnir sovindori bo'lib qaytgan.

Viloyatda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 13 martda № 02-25-11 soni bilan tasdiqlangan "Farg`ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi yig`ilish qaroriga asosan bepul tovuq yetkazib berish to`g`risidagi topshirig`i ijrosi yuzasidan ma'lumotnoma.
Viloyatda yuqoridagi yig`ilish qarorini ijrosini ta'minlash yuzasidan 2009 yil may oyida kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga homiylik xisobidan berul tovuq berish ishlari tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasi Aloqa banki homiyligida viloyatdagi kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarga va Saxovat-Muruvvat uylariga jami 50 ming bosh tovuq tarqatildi.
Jumladan, Bog`dod, Oxunboboev va Yozyovon tumanlariga 3,5 ming boshdan, Dang`ara, O`zbekiston va Furqat tumanlariga 3,4 ming boshdan, Oltiariq, Buvayda, Beshariq, Quva, Uchko`prik, Rishton, So`x, Toshloq va Farg`ona tumanlariga 2,5 ming boshdan, Fargt`ona va Marg`ilon shaharlariga 1 ming boshdan, Qo`qon shahriga 1,5 ming bosh, Quvasoy shahriga 2,5 ming bosh, Farg`ona shahar "Saxovat" va "Bolalar Muruvvat uyi"ga 100 bosh, O`zbekiston tuman Qudash ayollar "Muruvvat uyi"ga 100 bosh, Oxunboboev tuman Solijonobod massividagi paxta shtabiga 500 boshdan tovuqlar taqsimot qilinib tarqatildi.

*** 
 
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Farg`ona viloyati hokimligi Farg`ona viloyati qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi Farg`ona davlat universiteti Sizni 2009 yil may oyining 27 kuni Farg`ona davlat universitetida “O`zbekiston Respublikasining inqirozga qarshi choralar dasturi va uni mintaqada amalga oshirish xususiyatlari” mavzusida o`tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun taklif etamiz.
Anjuman tili: o`zbek va rus tili.
Anjuman sho`balari
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini O`zbekiston sharoitida bartaraf etish yo`llari va yumshatish omillari.
2. O`zbekiston Respublikasining inqirozga qarshi choralar dasturi va uning mintaqaviy xususiyatlari.
3. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi inqirozga qarshi choralar dasturining muhim yo`nalishi.

***
 
Shu yil may oyida O`zbekiston san`at arbobi, san`atshunoslik fanlari doktori, professor To`xtasin G`afurbekov 70 yoshga to`ladi. Ijodiy faoliyati davomida musiqa ilmining rivojiga qo`shgan hissasi, nafaqat Respublikamiz, balki Markaziy Osiyoda musiqa nazariyasi bo`yicha mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlashdagi samarali faoliyati, shuningdek, jamoat ishlaridagi xizmatlarini e`tirof etgan holda uning 70 yillik muborak yoshini tantanali nishonlash tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, To`xtasin G`afurbekov tug`ilib o`sgan va ilk musiqiy saboqni olgan Farg`ona shahri, xususan Farg`ona san`at kolleji hamda Farg`ona Davlat Universitetida 2009 yil 14-15 may kunlari madaniy tadbir o`tkazilishi rejalashtirilayapti.

***
 
Poytaxtimizdagi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2009 yil 16 may kuni farg`onalik ustoz –murabbiylar va talabalar tomonidan yoshlar ongida milliy iftixorni shakllantirish maqsadida “O`zbekiston – Vatanim manim” shiori ostida o`tkazilayotgan “Farg`ona viloyati madaniyati va san`ati kuni” tadbiri o`tkaziladi. 

Press-Reliz

2009 yil 21 aprel kuni Farg`ona politexnika oliygohida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13 apreldagi PQ-1096-sonli "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog`lom avlodni shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori ijrosini ta'minlashga bag`ishlangan yiqilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilish viloyat boshqarma boshliqlari, davolash-profilaktika muassasalarining bosh vrachlari, shahar va tuman xotin-qizlar qo`mitasi raislari, tibbiyot birlashmalri bosh vrachlari, qishloq vrachlik punktlari mudirlari, "Mahalla" jamg`armasi raislari, xalq ta'limi bo`limi mudirlari, viloyatdagi pedagogika va tibbiyot kolleji direktorlari, imom-xatiblar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildilar.
Shuningdek, yig`ilishdagi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektori, akademik Shavkat Ibragimovich Karimov, kafedra mudiri, akademik Turg`unpo`lat Obidovich Daminov va bir guruh profkssor-o`qituvchilar ishtirok etishdi.
Keyingi yillarda ?ukumatimiz tomonidan oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, aholi salomatligini mustahkamlash borasida qator qonun hujjatlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ishlab chiqilib, ijrosi ta'minlanmoqda. Farg`ona viloyatida ham ayollar salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, tug`ruqxona va bolalar muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalaga oshirildi.
Jumladan, ona va bola salomatligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini bildiruvchi muhim omil ekanligini alohida qayd etgan holda ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida viloyatimizda "Ona va bola skrining", "Reproduktiv salomatlik" va "Salomatlik" markazlari tashkil etilib, faoliyati yo`lga qo`yildi.
Shuningdek, mavjud 19 ta tug`ruq muassasalarining sanitariya qoidalari va me'yorlari talabiga javob beradigan darajada ta'mirlash uchun 1 mlrd. 600 mln. so`m miqdorda mablag` sarflandi.
Bundan tashqari, viloyatda 32 ta tibbiyot muassasasi (16 ta tug`ruq komplekslari va 16 ta bolalar poliknikasi) YUNICEF ning "Bolalar do`stona munosabatdagi shifoxona sertifikati"ni qo`lga kiritdi. Ushbu sohada amalga oshirilgan maqsadli ishlar natijasida vilotyada tug`ilish hamda onalar va bolalar o`limi ko`rsatkichi pasayishga erishildi.
Lekin yuqorida ta'kidlanganidek, viloyat miqyosida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog`lom avlod tuqilishi hamda tarbiyalanishini yaxshilash bo`yicha erishilgan ijobiy o`zgarishlar bilan bir qatorda, ushbu muhim yo`nalishda jiddiy kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, ayrim shahar va tuman hokimliklari, tibbiyot va boshqa muassasalar rahbarlari tomonidan ushbu masalaga yetarli darajada e'tibor berilmaganligi natijasida 2008 yilda viloyat bo`yicha 66,6 ming nafardan ziyod bola tug`ilib, tug`ilishi ko`rsatkichi 22,1 promilliyani tashkil qilgan bo`lsada, lekin So`x, Yozyovon, Buvaydi, Dang`ara, Beshariq va Bog`dod tumanlarida tug`ilish ko`rsatkichi viloyat ko`rsatkichidan yuqoriligicha qolmoqda. 
Bundan tashqari, bugungi kunda viloyat bo`yicha 808,9 ming nafardan ziyod (tug`ish yoshidagi) ayollar tibbiy ko`rikdan o`tkazilganda, ularning 65 foizida turli xil kasalliklar mavjudligi aniqlandi.
Yurtboshimizning 2009 yil 13 apreldagi PQ-1096-sonli "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog`lom avlodni shakllantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorlaridan ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish, oilada va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy va ma'naviya barkamol avlodni shakllantirish yuzasidan targ`ibot-tashviqot, tushuntirish tadbirlarini amalga oshirishni jadallashtirish vazifalari belgilab berildi va bu ishlarni amalga oshirish bo`yicha Respublika Hukumat komissiyasi tashkil etildi.
Hukumat komissiyasiga sohadagi barcha ishlarni tizimli va maqsadga yo`naltirilgan holda olib borish, tibbiyot va ta'lim muassasalari, o`zini-o`zi boshqarish organlari hamda xotin-qizlar qo`mitalari, ommaviy-axborot vositalariga aholi, eng avvalo yoshlar o`rtasida sog`lom oilani shakllantirish, "Sog`lom ona-sog`lom bola" maqsadli vazifasini amalga oshirish bo`yicha targ`ibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Ushbu qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilinib, "Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog`liqini mustahkamlash, sog`lom avlod tug`ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha 2009-2010 yillarga mo`ljallangan tadbirlar" rejasi tasdiqlandi. Tadbirlar rejasida belgilanganvazifalar ijrosini ta'minlash uchun 2 mlrd. 340 mln. so`m va 1,5 mln. AQSh dollari miqdorida mablag`lar sarflash belgilandi.
Yig`ilishda ona va bola salomatligini muhofaza qilish hamda sog`lom avlodni shakllantirish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar tahlil ?ilinib, aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish choralarini hamda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo`lgan vazifalar belgilab olindi.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining bir guruh professor-o`qituvchilari joriy yilning 17 aprel kunidan boshlab, viloyatimizning shahar va tumanlarida aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini o`rganish natijalari bilan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi rektori, akademik Shavkat Ibragimovich Karimov tanishtirdi.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi kefedra mudiri, akademik Turg`unpo`lat Obidovich Daminov "Reproduktiv salomatlik va sog`lom oilani shakllantirish" bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarga va yo`l qo`yilayotgan kamchiliklarga to`xtalib o`tdi.
Yig`ilishda Buvayda tumani hokimi o`rinbosari., xotin-qizlar qo`mitasi raisi Masturaxon Ziyaeva, Qo`qon shahar bosh imom-xatibi Isaqov Abdulmajid qori, viloyat "Ona va bola skrining" markazi rahbari N.Abduraxmonovalar so`zga chiqishdi.
Bo`lib o`tgan yig`ilishdan har bir ishtirokchi o`ziga tegishli xulosani chiqarib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga jiddiy yondashishlari, har oyda o`z hududlari bo`yicha Hukumat qarorining ijrosini ta'minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirishi talab etildi.
MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать