Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Tadbirkorlik


IZLAGANGA IMKON KO'P

Farg'ona tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan "Yordon" fermer xo'jaligi O'zbekiston Respublikasida birinchilardan bo'lib faoliyatini kengaytirib, sutni qayta ishlaydigan korxonani ishga tushirgan edi.

Ayni paytda bu yerda oyiga o'rtacha 50 million so'mlik 10 turdan ortiq sut mahsulotlari tayyorlanmoqda.

SHuningdek, korxonada ishlab chiqarilayotgan qadoqlash va o'rov anjom-lari import mahsulotlari o'rnini bosmoqda.





Shahar va tumanlar huzuridagi tadbirkorlikni davlat ro`yxatidan o`tkazish inspeksiyalari
 
Shahar va tumanlar Rahbari Telefon raqami
Farg`ona shahar Karimov Odiljon Alimjonovich 8 (373) 224-75-74
Qo`qon shahar Alimov Xabibullo Hamidovich 8 (373) 552-51-64
Quvasoy shahar Botirov Sobitjon Toshboltaevich 8 (373) 373-26-44
Marg`ilon shahar Azimov Ilhomjon Eminjonovich 8 (373) 233-36-10
Oltiariq tumani Abdullaev Anvarjon 8 (373) 432-12-86
Oxunboboev tumani Solijonov Rustamjon 8 (373) 425-16-74
Bog`dod tumani Umarov Adhamjon 8 (373) 479-12-71
Buvayda tumani Azimov Akmaljon Akbarovich 8 (373) 529-16-90
Beshariq tumani Toshqo`ziev Ahrorjon 8 (373) 612-10-24
Quva tumani Akbarov Ilhomjon Ikromovich 8 (373) 315-22-19
Uchko`prik tumani Shokirov Sherxon 8 (373) 515-27-97
Rishton tumani Latipov Umarjon 8 (373) 452-20-56
So`x tumani Mirojiddin Saydaxmatov 8 (373) 462-50-42
Toshloq tumani Yuldashev Xaydarali Ahmadjonovich 8 (373) 238-43-36
O`zbekiston tumani Turdiqulov Ahmadjon 8 (373) 539-15-07
Farg`ona tumani Ortiqov Davlatyor Baxtiyorovich 8 (373) 352-18-86
Dang`ara tumani Salimov Tohirjon Sotvoldievich 8 (373) 572-18-97
Furqat tumani Xakimov Shuhratjon Abduqahhorovich 8 (373) 549-18-41
Yozyovon tumani Toshboltaeva Zuvayda Ismoilovna 8 (373) 412-24-40
 
Marg`ilon shahri. XONADONDA... MUZEY

Rustam Usmonovni Rishton kulollarining hammasi yaxshi biladi. U Rishton badiiy kulolchilik buyumlari zavodiga ishga kelganda, korxonada usta kulollar va shogirdlarning son-sanog`i yo`q, respublikadagi turdosh korxonalar ichida bu zavod bosh korxona hisoblanardi. Rustam Toshkent teatr rassomchilik institutining amaliy sanoat fakultetini bitirib, to`g`ri shu yerga ishga kelgan. U korxonaning bosh rassomi etib tayinlandi. Taniqli kulollar Ibrohimjon Komilov, Hakimjon Sattorov, Bobojon Nishonovlarning etagidan mahkam ushladi.
-Mening hayotimda bu ulug` kulollar juda katta rol o`ynagan edi, - deb xotirlaydi Rustam. - Ibrohimjon aka biror narsani tushuntirmoqchi bo`lsa miridan-sirigacha erinmay aytardi. Uning har bir gapi xotiramda muhrlanib qolgan. Uyimda bu ulug` usta yasagan ajoyib naqshli kulolchilik mahsulotlari hamon saqlanib turadi. Ibrohimjon Komilov, Hakimjon Sattorov, Bobojon Nishonovlar Rishton kulolchilik sanoati dovrug`ini dunyoga yoyishga katta hissa qo`shgan ajoyib hunarmand insonlar edilar.
Rustam dastlab Olmaotada, Bishkekda va boshqa shaharlarda o`z ko`rgazmalari bilan qatnashgandi. 1996 yilda esa Yaponiyaning Komatsu shahriga borgan.
-Komatsu shahrida kulolchilik yaxshi rivojlangan, bizning sopol mahsulotlarimiz bilan ularniki bir-biriga yaqinmi? - savolga tutamiz uni.
-Yo`q. Bizlarnikiga o`xshashligi kam ekan. Bizda o`sha paytda qurilgan yirik korxona badiiy kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga moslangan edi. Ularda esa o`ttiztacha kichik-kichik ustaxonalar bor ekan. Xompazlarni pishirish usullarimiz bir-biriga yaqin bo`lsa ham ishlatadigan rangvorlar, qoliplar, jilolar boshqacha edi…
Rustam Usmonov 8 yil yirik korxonada bosh rassom bo`lib ishladi. Bosh rassomlik vaqtida qo`l ostida 5 ta rassom ishlardi. Ularga bosh rassom eskizlar chizib berardi. Ular shu eskizlarga qarab bittadan model olib, qolipchilarga berishardi. Tayyor bo`lgan qoliplarga 50 foizdan loy bilan suv aralashmasi qo`shilgan loyqasimon suyuqlik quyulardi… Rustam Usmonov Rishton kulollari orasida o`zining tinimsiz ijod qilishi, yangilikka intilishi, mehnatsevarligi, to`g`riso`zligi bilan tanilib bordi.
…Rustam Usmonov hademay 55 yoshini qarshilaydi. Uning o`g`li Damir ham yoshligidan otasi atrofida aylanib yurib, turli sovg`abop buyumlar yasash, ularga serjilo naqshlar bitishni o`rganib oldi. Mana bugun u ajoyib usta sifatida tanilib qolgan.
1997 yildan esa u o`z uyida muzeyga o`xshagan g`aroyib bir ko`rgazma ochdi. Bu ko`rgazmaga zavodda birga ishlagan ustozlari-yu, shogirdlari o`z mahsulotlarini olib kelib qo`ydilar. Uyidagi ko`rgazmasiga sopol sanoati muxlislari, xorijlik mehmonlar keladigan bo`lishdi. Xorijliklar sopolning qadrini yaxshi biladilar. Shunisi ajoyibki, sopol idishdagi choy ham, taom ham ancha totli tuyuladi.
Yaqinda Rustamni yo`qlab hovlisiga kirsam, atrofni atirgullarning anvoyi qidi tutib ketibdi. Bir tomonda esa xalqimizning necha asrlardan beri yo`qolmay kelayotgan sopol asori atiqalari tartib bilan terib qo`yilibdi. Bu manzara chindan ham o`ziga xos muzeyni eslatardi…

TADBIRKORLIK SUB`EKTLARIGA QULAYLIKLAR
 
Respublikamiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda tadbirkorlik sub`ektlarini huquqiy himoya qilish, ularning faoliyat yuritishlari uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratuvchi qator farmon va qarorlar qabul qilindi. 
 Tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish tizimi bir necha marotaba qayta ko`rib chiqilib, soddalashtirildi. Ular faoliyatini tashkil etish uchun ma`muriy sarf-xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yishdagi byurokratik to`siqlarni bartaraf etish maqsadida Prezidentimizning 2006 yil 24 mayda "Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to`g`risida"gi qarori qabul qilindi. Yuqoridagi qaror bilan tadbirkorlik sub`ektlarini ro`yxatga olish yoki ro`yxatga olishni rad etish muddati 3 ish kunidan 3 soatgacha kamaytirildi, eng muhimi tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatiga olib, guvohnoma berishgacha bo`lgan muddat 5-7 kundan 2 ish kunigacha qisqartirildi.
Tadbirkorlik sub`ektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, xorijiy sarmoya ulushi mavjud bo`lgan korxonalarni xorijiy muassisi bank tavsiya xatini taqdim qilishi bekor qilindi. Muddatni qisqartirishga ta`sis hujjatlarini qonuniyligi bo`yicha mas`uliyatni ro`yxatga oluvchi organ zimmasidan tadbirkorlik sub`ektlarining muassislari zimmasiga yuklanishi, statistik kodlar davlat statistika idoralari tomonidan emas, balki ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlariga muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma berish ichki ishlar idoralari tomonidan emas, balki ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan beriladigan bo`ldi.
Afsuski, mamlakatimizda tadbirkorlar faoliyatini yanada yaxshilash, jonlantirish uchun qilinayotgan bu ibratli ishlarni bilib turib bilmaslikka oladigan, mensimaydigan nazorat qiluvchi, huquqiy xizmat ko`rsatuvchi, davlat hisobidan o`tkazuvchi organlar ham uchrab turibdi.
Fermer yaxshi niyat bilan yerga urug` qadaydi, yurt dasturxonini to`kin qilish harakatida bo`ladi. Dang`ara tumanidagi "Vodiy" fermer xo`jaligi urug`lik g`alla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Fermer xo`jaligi bilan "Qo`qondonmahsulot" korxonasi o`rtasida "Super elita" urug`lik navi yetkazib berish haqida shartnoma imzolangan. Korxonada esa fermerga oddiy "Tanya" navli g`allani yuqori navli urug`lik sifatida o`tkazishadi. g`alvir suvdan ko`tarilganda "Qo`qondonmahsulot"dagi yulg`ichlar, qilvirlarning qilmishi oshkor bo`lib qoldi. Adliya xodimlari aralashuvi bilan fermerga 2 million 596 ming so`m boy berilgan foyda undirib berildi.
Faqat o`tgan yilning o`zida shu holatlar bo`yicha 60 ta honunbuzilish holatlari bartaraf etilib, adolat tiklandi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 27 apreldagi "Tadbirkorlik sub`ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to`xtatish tartibini takomillashtirish to`g`risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tadbirkorlik sub`ektlarini ixtiyoriy tugatishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Endilikda ro`yxatdan o`tkazgan organ tadbirkorlik sub`ektini yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to`g`risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab korxonaning moliya-xo`jalik faoliyati to`xtatiladi. Shu munosabat bilan yer solig`i, yagona yer solig`i, mulk solig`i, suv resurslaridan foydalanganlik solig`i, shuningdek, barcha turdagi soliq va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha penyalarni hisoblash to`xtatiladi hamda muassislar (qatnashchilar)ning ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub`ektining majburiyatlarini bajarishga yo`naltirilayotgan mablag`laridan soliq olinmaydi. Nizomda ixtiyoriy tugatilayotgan korxona ta`sischilari tomonidan tugatuvchi (tugatish komissiyasi yoki muayyan jismoniy shaxs) tayinlanishi hamda ushbu tugatuvchining tugatish ishlarini amalga oshirish, korxona nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish, korxona mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi majburiy bo`lgan buyruqlar chiqarish kabi vakolatlari aniq ko`rsatib o`tildi.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2008 yil davomida 10 ta chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar, 5 ta bozor va 4 ta yuridik shaxslar birlashmasi, jami 19 ta yuridik shaxslar belgilangan tartibda davlat ro`yxatiga olinib, ularga tegishli yuridik shaxs huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar berildi. 20 ta chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar, 2 ta yuridik shaxs birlashmasi va 7 ta bozor o`z ta`sis hujjatlariga o`zgartirish kiritilganligi munosabati bilan qayta ro`yxatdan o`tkazildi.
Darhaqiqat, xorijiy investorlar yuritimizda chet ellik sarmoyadorlarga yaratib berilayotgan juda katta imkoniyatlarga umid bog`lab, mamlakatimizga kirib kelishadi. Lekin ayrim kimsalar ularning umid va ishonchlarini poymol qilishayapti. Faoliyatimizning bir qismi xorijiy sarmoyadorlar manfaatini himoya qilishga yo`naltirilgan. "Marvel just" xorijiy korxonasi "Nargiz" xususiy korxonasiga yetkazib bergan mahsulot qiymatini undirib ololmayotgani haqida murojaat tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan xo`jalik sudiga kiritilgan da`vo ariza tufayli xorijiy sarmoyadorlarning 175,7 million so`mlik mablag`i undirib berildi. Shunday muammolar bilan 42 ta xorijlik sarmoyadorlar murojaat qilgan bo`lsa, ularning 37 tasi qanoatlantirildi. Shubhasiz, ularning yuritimizda faoliyat ko`rsatishlariga, ishlarini kengaytirishga ishonchlari ortdi.
Adliya boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi "Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo`shimcha rag`batlantirish omillari va imtiyozlari to`g`risida"gi Farmoni, 2007 yil 27 apreldagi "Tadbirkorlik sub`ektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to`xtatish tartibini takomillashtirish to`g`risida"gi qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 iyuldagi "Moliya xo`jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o`zlarining ustav jamg`armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to`g`risida"gi qarorida ko`rsatilgan talablarni bajarish yuzasidan doimiy ishlar olib borilmoqda.
Adliya boshqarmasi tomonidan bugungi kunda 83 ta xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalar, 250 ta yuridik shaxs birlashmasi, 75 ta bozorlar faoliyati bo`yicha davlat reestri yuritilmoqda. 2009 yilda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va ushbu soha vakillariga berilgan imkoniyat va imtiyozlarni keng targ`ib qilish maqsadida o`quv seminarlar, davra suhbatlari o`tkazilib, ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda.
MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать