Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Sanoat


OAJ "AVTOOYNA"

OAJ Farg`onaazot

DAEWOOTEXTILE

Farg`oan neftni qayta ishlash zavodi

Farg`ona furan birikmalari zavodi  

Qo`qon mehanika zavodi

MCHJ "Marg`ilon tekstil" 

Кувасай КВАРЦ

Фарғона нефтни қайта ишлаш заводи Набиев Хамроджон 8 (373) 222-55-37
“Уздавнефтгаз” компанияси Фаргона вилоят бўлими 8 (373) 223-64-87
“Фарғонаазот” акциядорлик жамияти Солижонов Абдупатто Туланович 8 (373) 222-20-02, 227-04-94, 222-29-50, 227-73-91
Фарғона ёғ-мой акциядорлик жамияти Худойкулов Расулжон 8 (373) 224-48-22, 224-82-48
Фарғона “Узсаламан” қўшма корхона Солиев Қодиржон Аманович 8 (373) 224-20-03, 224-07-53, 224-15-93
Фарғона кимёвий фуран бирикмалари заводи Собиров Сергей Назарович 8 (373) 223-45-01, 223-45-70, 223-64-18, 223-58-16
Фарғона кимёвий толалар заводи 8 (373) 222-11-86
Фарғона механика заводи Таджибаев Расул Каримович 8 (373) 224-20-68
Қўқон механика заводи Юлдашев Шарифжон 8 (373) 552-53-11
Фарғона “Буюк Ипак Йўли” хиссадорлик жамияти Бойкузиев Шавкатжон Камолдинович 8 (373) 224-57-20, 224-51-53, 224-55-15
Фарғона «Иссиқликэлектрмаркази» Нуралиев Раҳматжон 8 (373) 222-13-55, 222-66-26
Марғилон Ипак газлама акционерлик жамияти Мадаминов Тойиржон 8 (373) 233-38-81
Марғилон “Турон шойиси” акциядорлик жамияти Мусаев Баходир 8 (373) 233-38-45, 233-47-48
“Қувасойцемент” ишлаб чиқариш бирлашмаси Денишук Сергей 8 (373) 373-21-64, 373-27-92
Қувасой “Кварц” ишлаб чиқариш бирлашмаси Турсунбоев Сохиб 8 (373) 373-27-53, 373-37-14
“Улуғбек” ип-йигирув, пайпоқ-тўқув хиссадорлик жамияти Исақов Мухсин 8 (373) 553-07-53, 552-20-15
Қува мебел бирлашмаси Исмоилов Мўсожон 8 (373) 315-12-74, 315-11-61
Тошлоқ “ДЭУ текстайлкомпани” корхонаси Фозилов Номонжон 8 (373) 233-09-11, 233-09-12, 233-09-13
“Автоойна” қўшма корхонаси Отабоев Махмуд Алишерович 8 (373) 223-38-86, 223-18-38, 223-38-56

ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ЦЕХИДА ЯНГИ СУСПЕНЗИЯ

Яқинда «Фарғонаазот» ОАЖнинг карбамид ишлаб чиқариш цехида  қўшимча линия ишга тушди.  Цехда янги турдаги КАС минерал ўғити ишлаб  чиқарила бошланди.  Мазкур суспензиянинг афзаллиги шундаки, таркибида  амофос, карбамид, селитра моддаси  бўлган тайёр маҳсулот экинлар парваришида ҳосилдорлик омили саналади.  Нафақат пахта, ғалла, балки полиз экинлари, сабзавотларни етиштиришда  КАС суюқлиги миришкорларнинг  меҳнатини енгиллаштираётгани эндиликда мутахассислар томонидан  эътироф этилмоқда.  2009 йилнинг феврал ойидан бошлаб шу кунга қадар  1476 тонна КАС минерал ўғити  фермерларга етказиб берилди, «Қишлоқхўжаликкимё» ҳудудий акционерлик жамияти қошидаги биржа савдо  базаларига сотувга чиқарилди. Ушбу маҳсулотни ишлаб чиқариш жараёнида 70 нафардан зиёд ишчи меҳнат қилади.  Иш 4 сменада ташкил этилган.  Цех бошлиғи Акмалжон Ҳайдаров, операторлар Азиз Охунжонов, Абдулла Салимов жамоанинг  фахрига айланган. Улар бир кунда 100 тонна тайёр маҳсулот ишлаб чиқариш  имкониятига эга технологияни маҳорат билан бошқаряптилар. Шунингдек,  цехда  қадоқлаш  бўлими, лаборатория таҳлили  хонаси ҳам ташкил этилди.

Ekolog minbari QO`RG`OSHIN XAVFI

Bugungi kunda havo ifloslanishi muammosini keltirib chiqarayotgan asosiy zararli tashlamalar og`ir metallardir. Ularning soni 40 ta atrofida bo`lib, qo`rg`oshin shular jumlasiga kiradi.
Transport vositalarida etilli benzin (tarkibida tetraetil qo`rg`oshin bor) ishlatilganida motorda neft mahsulotlarining chala yonishi oqibatida atmosferaga zaharli gazlar, jumladan qo`rg`oshin birikmalari ajralib chiqadi. Mashinalar motoridagi detonasiyani kamaytirishga xizmat qiluvchi ushbu omilning tabiatga ajralib chiqqandan keyingi oqibatlari ayanchli: qo`rg`oshin birikmalari yurak, qon-tomirlar, asab va oshqozon raki kasalliklarini keltirib chiqarishi aniqlangan, har yili bir necha o`n minglab sermahsul ekinzorlarimiz erroziyaga uchrab, qishloq xo`jalik rejasidan chiqarilmoqda.
Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish borasida so`nggi yillarda davlatimiz tomonidan ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. "Toza" yonilg`idan foydalanish, avtomobil motorini kam chiqindi beradigan qilib sozlash, mashinalarni gaz yonilg`isiga o`tkazish shular jumlasidandir. Bugungi kunga kelib Farg`ona neftni qayta ishlash zavodida etilsiz benzin ishlab chiqarish masalasi 99% hal qilindi.
Bundan tashqari, atmosferamizning nitritlar bilan ifloslanishi natijasida kislotali yomg`irlarning yoqishi va suv havzalariga tushishi ham yana "qo`rg`oshin muammosi"ni keltirib chiqaradi. Ya`ni, suvdagi ortiqcha kislotalar og`ir metallarni, jumladan qo`rg`oshinni eritadi, natijada ushbu moddalar ichimlik suvi va dengiz mahsulotlari orqali inson organizmiga tushadi va zaharlaydi.
Sanoatimizda ham qo`rg`oshin metall bromlarining yemirilishi, zanglashi va erituvchi sifatida ishlatiladi va texnik jarayonda paydo bo`lgan oqava suvlar tufayli atrof-muhitni ifloslaydi. Turmushimizda foydalaniladigan xo`jalik idishlari, metall idishlarda saqlanadigan oziq-ovqat va ichimliklar orqali ham inson organizmini zaharlashi mumkin. Asosiy ifloslantiruvchi manbalardan yana biri bosmaxonalar bo`lib, bu 20 asr vabosi hisoblangan. Ushbu korxonalarda qo`rg`oshin juda ko`p mq?dorda ishlatilgan bo`lib, atrof-muhitga va inson salomatligiga katta zarar ko`rsatgan. To`g`ri, bu global muammo hozirda o`z yechimini topdi - deyarli barcha bosmaxonalar komppyuterlashtirish asosida ishlay boshladi.
Bu boradagi muammolardan biri keng ko`lamda ishlatiladigan qo`rg`oshinli akkumlyatorlar bilan bog`liq. Akkumulyatorlarning asosiy qismi bo`lgan temir reshyotkalar qo`rg`oshin va qo`rg`oshin 2 oksidi bilan to`yintiriladi va oltingugurt kislotasi bilan plastinkalar qoplanadi. Bularning yaroqlilik muddati 2-3 yil, stasionar qo`rg`oshinlik akkumlyatorlarniki 10-15 yil hisoblanadi. Ta`kidlab o`tish joizki, yaroqsiz holatga kelgan qo`rg`oshinli akkumlyatorlar so`zsiz "Vtorchermet" korxonasiga topshirilishi zarur.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать