Quvasoy
Quvasoy hokimligi hokimi va o`rinbosarlari qabul kunlari
| F.I.Sh. |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
| Vakant |
Shahar hokimi |
Haftaning har shanba kuni soat 08-00 dan 11-00 gacha |
| vakant |
Shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari |
Haftaning har seshanba va juma kuni soat 08-00 dan 11-00 gacha |
| Matkarimova Muborak Maxamadaliyevna |
Shahar hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi |
Haftaning har seshanba kuni soat 08-00 dan 11-00 gacha |
Quvasoy shahar hokimligi manzili: Quvasoy shahri Mustaqillik ko`chasi 45 uy
150906 Ishonch telefoni: 8 (373) 373-26-44
1. Shahar tashkil topganligi haqida ma'lumot Quvasoy shahri 1957 yilda tashkil topgan. Shahar markazi - Quvasoy shahri.
2. Shahar joylashganligi haqida ma'lumot. Shahar Farg`ona viloyatining sharqiy tomonida joylashgan bo`lib, Farg`ona shahri, Quva, Farg`ona tumanlari, hamda Qirg`iziston Respublikasi (34,2 km) bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 264 kv.km ni tashkil qiladi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Shaharning 36 aholi yashash bo`limlarida 74,5 ming kishi istiqomat qiladi, shundan shaharda 42,9 ming kishi (57,6%) ni, qishloqda 31,6 ming kishi (42,4%) ni tashkil qiladi. Aholini 43,2% ni o`zbeklar, 32,3% ni tojiklar, 14,5% ni qirg`izlar va millatlar tashkil qiladi.
4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni. Shaharda 5 ta yirik sanoat korxonalari "Quvasoysement" AJ, "Kvars" AJ, "Quvasoy chinnisi" AJ, "Eletkroqishloq qurilish", "Alesta Glass" TMB QK "Elektrokishlok kurilish" "Alesta Glass" lar faoliyat yuritadi.Bu sanoat korxonalarida sement, shifer, qurilish oynalari, temirbeion maxsulotlari va shisha idishlar ishlab chiqariladi. Shaharda 6 ta qo`shma korxona ro`yxatga olingan: O`zbek-Amerika "TJM Deloros" QK, O`zbek-Amerika-Italiya "Delkons" QK, O`zbek-Amerika "Yuniteks LTD" QK, O`zbek-Koreys "Imbek" QK, O`zbek-Angliya "Fergana Glass" QK, O`zbek-Rossiya "Molochnaya Dolina" QK, O`zbek-Kipr "Kuvasaysement" QK.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. Shaharda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 2800 ta.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari. Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 3343 ta, shundan 2995 ta fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 2,7 ga).
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari. Shaharda 13807 ta o`quvchiga mo`ljallangan 29 o`rta umumta'lim maktablari, 2854 ta talabaga mo`ljallangan 3 kasb hunar kolleji mavjud. Bundan tashqari 225 ta bemorga mo`ljallangan 2 ta kasalxona, 14 shifoxona va 12 qishloq vrachlik bo`limlari mavjud.
|