Quva
Quva tuman hokimligining rasmiy web sayti
Quva tumani hokimligida hokim va o`rinbosarlarning qabul kunlari
| F.I.Sh |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
| Madaminov Ahadjon Mamayunusovich |
Tuman hokimi |
Har haftaning chorshanba kuni |
| Babaxodjayev Maxamatmuso Yakubovich |
Tuman hokimining birinchi o`rinbosari |
- |
| Isaxonov Abduvali Xomidovich |
Tuman hokimining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalar bo`yicha o`rinbosari |
Har hafta seshanba, shanba kunlari |
| Zikirova Maxprat Solievna |
Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi |
Har hafta payshanba kuni |
Quva tumani hokimligi manzili: Farg`ona viloyati Quva shahri Qayqubbod ko`chasi 244 uy. 713910 Ishonch telefoni: 8 (373) 315-15-75

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot Tuman 1927 yilda tashkil topgan. Tuman markazi Quva shahri.
2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot. Tuman Farg`ona viloyatining shimoliy - sharqiy tomonida joylashgan bo`lib, Toshloq, Yoz'yovon tumani, Quvasoy shahri, bundan tashqari Andijon viloyatining Asaka, Marhamat tumanlari hamda Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 440 kv.km ni tashkil qiladi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Tuman 90 ta aholi bo`limlaridan iborat. Tumandagi 11 ta qishloq va 49 ta mahalla fuqarolar yig`inlaridagi 46900 ta xonadonda 200,80 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 42.7 ming kishi (20.5%) ni va qishloqda 158.1 ming kishi (78.7%) ni tashkil qiladi. Aholini 9% ni o`zbeklar, 3.8% tojiklar, 3.2% qirg`izlar va boshqa millat vakillari tashkil qiladi.
4. Sanoat korxonalari va qo`shma korxonalar soni Tumanda 3 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Shulardan: "Quva Donmahsulotlari" AJ un va non mahsulotlari. "Quva Paxtani qayta ishlash" AJ paxta tolasi, "Quva Tekstil" MChJ paxta kalavasi ishlab chiqilmoqda. Tumanda 2007 yilda 3 ta qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatadi. Ular Uzbek-Turk "Axror" qo`shma korxonasi, O`zbek Italiya "QURBO -STIL", O`zbek - Amerika "SWEETS -INTERNATIONAL" qo`shma korxonalaridir. Shu jumladan: 2008 yilda 2 ta yangi qo`shma korxonalar tashkil etilgan ular "Utiplom" O`zbek – Qirg`iz qo`shma korxona. Ushbu qo`shma korxona tomonidan 75,5 ming dollar mikdorda plomba ishlab chiqarish dastgohlari olib kelinib o`rnatilgan hamda "Kras Fer Mos" O`zbekiston - Rossiya qo`shma korxonalari.
6. Tumanda 2568 ta kichik biznes sub'ektlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
|