Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Oltiariq


Oltiariq tuman hokimligining rasmiy web sayti

Oltiariq tuman hokimligida hokim va hokim o`rinbosarlari qabul kunlari

F.I.Sh. Lavozimi Qabul kunlari
Komilov Xolmatjon Odilovich Tuman hokimi Payshanba
Zakirov Said Xaldarovich Tuman hokimini qurilish, transport kommunikasiyalar bo`yicha birinchi o`rinbosari Dushanba
Mamadaliev Abdujabbor Turadalievich Tuman hokimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Seshanba 
Axmadjonova Hamida Muxtorovna Tuman hokimi o`ribosari, xotin-qizlar qo`mitasi boshlig`i Chorshanba 

Hokimiyat manzili: Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Ishonch telefoni: 8 (373) 432-20-34, faks: 8 (373) 432-16-43

 

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot
Tuman 1926 yili tashkil topgan. Tuman markazi - Oltiariq shahri.

2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot.
Tuman Farg`ona viloyatining markazida joylashgan bo`lib, Oxunboboev, Bo?dod, Rishton, Farg`ona tumanlari hamda Qirg`iziston Respublikasi (18 km) bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 630 kv.km ni tashkil qiladi.

3. Aholi haqida ma'lumot.
Tumandagi 31 aholi yashash bo`limlarida 171,7 ming kishi istiqomat qiladi. Bundan shaharda 131,8 ming kishi (76,8%) ni, qishloqda 39,9 ming kishi (23,2%) ni tashkil etadi. Aholining 93% ni o`zbeklar, 4,8% ni tojiklar, 1,3% ni qirg`izlar va boshqa millatdagilar tashkil qiladi.

4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni.
Tumanda kichik biznes bilan shug`ullanuvchi sanoat korxonalari va 1 ta qo`shma korxona O`zbekiston-Turkiya-AQSh "Farg`ona Inter reyn" mavjud.

5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. 
Tumanda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 2103 ta.

6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari.
Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 1836 ta, shundan 1222 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 13,5 ga)

7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari.
Tumanda 34702 ta o`quvchiga mo`ljallangan 46 ta o`rta umumta'lim maktablari, 4554 ta talabaga mo`ljallangan 5 kasb hunar kollejlari mavjud.
Bundan tashqari 831 ta bemorga mo`ljallangan 11 kasalxona, 30 ta shifoxona va 21 qishloq vrachlik bo`limlari tashkil etilgan.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать