Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Markaziy bank


Tadbirkorlik sub'ektlarini xorijiy kredit liniyasi hisobidan tijorat banklari tomonidan kreditlash tartiblari to`g`risida qisqacha

MA`LUMOT

1. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasining qaysi tijorat banklari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qўllab-quvvatlash maqsadida xorijiy kredit liniyalarini o`zlashtirishda qatnashmoqda hozirgi kunda TIF Milliybank, Paxtabank, Sanoatqurilishbank, Asakabank, Ipotekabank, Ipak Yo`li banki va Hamkorbankda kichik biznes sub'ektlarining investision loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari ochilgan.
Xususan, TIF Milliybankda Islom Taraqqiyot banki, Xitoy Eksimbanki, Malayziya Eksport-import banki va Italiyaning Bank Nasionale de Lavoro banklarining kredit liniyalari, Paxtabankda Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish banki, Osiyo Taraqqiyot banki kredit liniyalari, Sanoatqurilishbankda Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish banki, Turkeksimbank, Kommersbank, Italiyaning Bank Nasionale de Lavoro banklarining kredit liniyalari, Asakabankda Osiyo Taraqqiyot banki, Yevropaning bir qator yirik banklari kredit liniyalari, Ipotekabankda Yevropaning bir qator yirik banklari kredit liniyalari, Ipak Yo`li bankida KfV (Germaniyaning rivojlanish banki) kredit liniyasi va Hamkorbankda Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish banki kredit liniyalari ochilgan.

2. Xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan qancha muddatlarga va qaysi maqsadlarga ajratiladi?
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 maydagi "Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida"gi 232-sonli va O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1999 yil 22 martda 681-son bilan ro`yxatdan o`tgan "Investisiya loyihalarini erkin almashtiriladigan valyutada kreditlash tartibi to`g`risida NIZOM"ga muvofiq Xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag` bilan ta'minlashning ustuvor huquqiga:
- eksportga mo`ljallangan mahsulotlar;
- qishloq xo`jaligi mahsulotlarini va boshqa mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash bo`yicha;
- mashinasozlik va elektron sanoati uchun detallar va uzellar;
- kundalik ehtiyojdagi xalq iste'mol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investisiya loyihalari ega bo`ladi.
Bundan tashqari, xalqaro moliya tashkilotlarning har biri ustivor moliyalashtirishga loyiq xalq xo`jaligi tarmoqlarini belgilaydi. Tijorat banklari mutaxassislari loyihangizni moliyalashtirish uchun eng loyiq manbaini aniqlashga yordam berishadi.
Mazkur kreditlar 3-12 yil muddatga ajratiladi.

3. Banklarda xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratiladigan kreditlash qanday uslubda amalga oshiriladi?
Xorijiy moliya tashkilotining kreditni ajratish roziligi olinganidan so`ng:
 - Qarzdor bir marotabali komissiyani to`laydi;
 - garovni ro`yxatdan o`tkazilishini amalga oshiradi;
 - kredit Markaziy bankda ro`yxatdan o`tkaziladi (hukumat tomonidan kafolat berilmagan taqdirda);
 - barcha hujjatlar tijorat banki yuridik boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi;
 - tijorat banki tomonidan xalqaro moliya tashkilotiga kredit liniyadan foydalanish 
maqsadida so`rov yuboriladi;
 - kreditni moliyalashtirish va akkreditiv ochilishi.

4. Agarda tadbirkor xorijiy valyutada kredit olmoqchi bo`lsa, ishni nimadan boshlashi kerak?
Kredit olish uchun mijoz tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
1. Qarz oluvchi kredit olishi uchun vakolatli bankka asosli tarzdagi taqdimnoma (ariza) bilan murojaat etadi. Qarz oluvchining taqdimnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar quyidagi axborotlarni o`z ichiga olgan bo`lishi kerak:
a) kreditni olishdan ko`zlangan ma`sadni, kredit olish zarur bo`lgan mi`dor va muddatni;
b) xorijdan xarid q`ilinayotgan tovarning, mamlakatning tavsifini, to`lov valyutasini, qiymatini, uskunalarni sotib olishda esa - zarur xom ashyo bilan ta'minlash to`g`risidagi ma'lumotlarni;
v) kreditlanayotgan tadbirning texnikaviy-iqtisodiy asoslarini, uning valyuta bilan o`zini-o`zi qoplashini;
g) butun qurilish, uskunalarni sozlash va ishlab chiqarish quvvatlarini o`zlashtirish davri mobaynida ishlarning texnikaviy loyihasi yoki jamlanma jadvalini;
d) kreditdan foydalanish va uni to`lash muddatining hisobini.

2. Loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi.

3. Yuridik hujjatlar:
-Korxona ustavi;
-Ta'sis shartnomasi;
-agar faoliyat turi maxsus lisenziya talab qilinadigan ro`yxatga kirsa, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan lisenziya.

4. Kontrakt hujjatlarining bevosita ijrochilar bilan kelishilgan loyihalari:
-mashina - uskunalar yetkazib berish yoki ob'ektni qurib, ishga tayyor holda topshirish to`g`risida tuzilgan kontrakt;
-Qurilish pudrati va qurilishni moddiy jihatdan ta'minlash to`g`risida tuzilgan shartnoma;
-xom - ashyo, butlovchi qismlar va boshqa moddiy boyliklarni keltirish, bunday xaridlar imkoni boricha ochiq tender yoki tanlov asosida amalga zarur;
-loyihani amalga oshirish bilan bog`liq boshqa shartnomalar.

5. Smeta va moliya hujjatlari:
-TIA bosqichida qurilish uchun loyiha smeta hujjatlari va qurilishning adres ro`yxati;
-korxonaning oxirgi uch yil uchun tayyorlangan va soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan to`liq buxgalteriya hisoboti;
-boshqa banklardagi hisobvaraqlar, qarz olingan mablag`lar va ularni qaytarish to`g`risidagi ma'lumotnoma;
-xorijiy sheriklar (muassasalar) to`g`risida axborot - oxirgi ikki yil uchun yillik hisobot va auditorlik ma'lumotnomasi.

6. Ekspertizaga oid boshqa hujjatlar:
-tanlangan texnologiya hamda texnologik uskunalar bo`yicha mustaqil konsalting tashkiloti (O`zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Davlat Me'morqurilish) o`tkazgan idoradan tashqari ekspertiza xulosasi va O`zbekiston Respublikasi qurilish nazorati Davlat qo`mitasi qurilish olib borish uchun bergan ruxsatnoma;
-sotib olinayotgan mashina - uskunalarning texnik pasporti hamda u tanlov asosida tanlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
-kadastr (erga oid hamda garovga qo`yilayotgan bino va inshootlar bo`yicha) va mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
-asosiy ishlab chiqarish binolarining texnologik uskunalar joylashuvi ko`rsatilgan sxemasi;
-tayyor mahsulot va xom - ashyo sotish bo`yicha o`tkazilgan aniq maqsadli marketing tadqiqotlar.

7. Chet eldan olib kelinayotgan texnologiyalar uchun tuzilgan shartnomalar Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro`yxatdan o`tkazilgan bo`lishi shart.
Bundan tashqari, tijorat banklari hoxlagan boshqa hujjatlarni talab qilishga hamda ko`zda tutiladigan loyiha joylashgan joyini tekshirib kўrish huquqiga ega.
 
8. Kredit ta'minoti sifatida nimani taqdim etsa bo`ladi?
Kredit ta'minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- mol-mulk garovi;
- qimmatli qog`ozlar garovi;
- bank kafolati yoki kredit qaytarmasligi tavakkalchiligi tufayli zararlarni sug`urtalash to`g`risidagi sug`urta polisi;
- uchinchi shaxslar kafilligi. 
Shuni ham alohida ta'kidlab o`tish joizki, xalqaro moliya tashkilotlarning talablariga ko`ra, kredit ta'minotning summasi kredit miqdoridan 125 foizidan kam bo`lmasligi shart.

9. Kreditdan foydalanish uchun to`lovlar qay tarzda shakllanadi?

Kreditdan foydalanish uchun to`lov foiz stavkasi bilan ifodalanadi. Foiz stavkasi LIBOR, xalqaro moliya tashkilotning marjasi, tijorat bankining marjasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Foizlar bo`yicha to`lovlari odatda yiliga ikki marta amalga oshiriladi.

Qimmatli qog`ozlar tushunchasi

Qimmatli qog`ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o`rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabtlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko`rinishida daromad to`lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
Qimmatli qog`ozlar - blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schyotlardagi yozuv shaklida bo`lishi va hisob-kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo`yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog`ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi.

Qimmatli qog`ozlarning turlari

Qimmatli qog`ozlar turlari:
aksiyalar;
obligasiyalar;
xazina majburiyatlari;
qimmatli qog`ozlarning hosilalari;
depozit sertifikatlari;
veksellar.
Aksiyalar, obligasiyalar va xazina majburiyatlari va qimmatli qog`ozlar xosilalarining rekvizitlari - O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo`mitasi huzuridagi qimmatli qog`ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan, depozit sertifikatlari va veksellarning rektizitlari esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Qimmatli qog`ozlar egasi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli bo`lishi mumkin.

Aksiyalar

Aksiyalar-aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo`shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog`ozlardir.

Obligasiyalar

Obligasiyalar ularning egasi pul mablag`lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog`ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko`rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to`langan holda, basharti obligasiyalarni chiqarish shartlarida o`zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozlardir.
Quyidagi turlardagi obligasiyalar chiqarilidi:
respublika ichki zayomlarining va mahalliy zayomlarning obligasiyalari;
korxonalarning obligasiyalari.
Obligasiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligasiyalarning rekviziti obligasiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo`lsa, shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart.

Xazina majburiyatlari

O`zbekiston Respublikasining xazina majburiyatlari-ularning egalari byudjetga pul mablag`lari berganliklarini tasdiqlovchi hamda bu qimmatli qog`ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida qayd etilgan daromadni olish huquqini beruvchi, taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog`ozlar turidir.
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
uzoq muddatli-besh yil va undan ko`proq muddatga mo`ljallangan xazina majburiyatlari;
o`rtacha muddatli-bir yildan besh yilgacha muddatga mo`ljallangan xazina majburiyatlari;
qisqa muddatli-bir yilgacha bo`lgan muddatga mo`ljallangan xazina majburiyatlari.

Depozit sertifikatlari

Depozit sertifikatlari-bu pul mablag`lari-omonat qo`yilgani to`g`risidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisining belgilangan muddat tugaganidan keyin omonat summasini va unga tegishli foizlarini olishga bo`lgan huquqini tasdiqlovchi bank-emitent guvohnomasidir.

Veksel

Veksel beruvchining yohud vekselda ko`rsatilgan boshqa to`lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to`lash yuzasidan qat'iy majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog`oz veksel hisoblanadi.
Veksellar oddiy va yuboriladigan veksellarga bo`linadi.

Qimmatli qog`ozlar bozori

Qimmatli qog`ozlar bozori - jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qog`ozlar chiqarish, ularning muomalada bo`lishi va haqini to`lash bilan bog`liq munosabatlari tizimidir.
Qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilari - qimmatli qog`ozlarning emitentlari, investorlar, investisiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo`limlari), davlat tomonidan qimmatli qog`ozlar bozorini boshqarish va muvofiqlashtirish vakolati berilgan organlar va boshqalardan iboratdir.

Qimmatli qog`ozlar bozorini boshqarish asoslari

Qimmatli qog`ozlar bozorining davlat boshqaruvi vakolatli organlar tomonidan:
qimmatli qog`ozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni ro`yxatga olish, emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
qimmatli qog`ozlar to`g`risidagi axborot emitentlar va qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilari tomonidan ma'lum qilinishini ta'minlash;
mutaxassislarni attestasiyalash, investisiya institutlari faoliyatini lisenziyalash va nazorat qilish;
investorlar hamda qimmatli qog`ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari bergan shikoyatlarni ko`rib chiqish va qimmatli qog`ozlar bozori ishtirokchilari bajarishi majburiy bo`lgan xulosalar chiqarish, ko`rsatmalar berish yo`li bilan amalga oshiriladi.
MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать