Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Farg`ona tarixidan


Farg`ona shahrining qurilish tarixidan.

Farg`ona shahri viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Respublikaning yirik iqtisodiy shaharlaridan biri. Shaharga 1877 yilda asos solingan. U Farg`ona vodiysining janubiy qismida, Oloy tog`larining etagida, dengiz sathidan 580 m balandlikda joylashgan.
Garchi hozirgi Farg`ona nisbatan yosh shahar bo`lsa-da uning markazida qadimgi manzilgohlar mavjud edi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan asori atiqalar ham tasdiqlaydi. Eng qiziqarli arxeologik yodgorliklardan biri bu - Simtepa yodgorligi bo`lib, shu yerda qachonlardir shahar tipidagi manzilgoh faoliyat ko`rsatgan. Mazkur manzilgoh viloyat muzeyining ilmiy xodimlari - arxeologlar N. Gorbunova va B. Gamburg tomonidan 1957 - 1958 yillar davomida batafsil o`rganib chiqildi. Qazishmalar shuni ko`rsatadiki, hozirgi Farg`ona shahri o`rnida eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning oxirlaridayok qarorgoh mavjud bo`lib, unda o`rta asrlarning X-XII asriga qadar odamlar turmush kechirgan. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, Simtepa yodgorligi o`rnida hunarmandchilik nihoyatda taraqqiy etgan edi. 
Yangi shaharning qurilish tarixi XIX asrning so`nggi choragida Rossiya imperiyasining Qo`qon xonligi chegarasiga kirib kelishi bilan bog`liq. Bu davrda Rossiya Qo`qon xonligining ko`p joylarini bosib oladi. Imperator Aleksandr II ning 1876 yil farmoniga ko`ra, Qo`qon xonligi hududida Farg`ona viloyat g`arbiy gubernatorlik tashkil qilindi. Oradan bir yil o`tib viloyatning gerbi tasdiqlandi. Uning birinchi gubernatori etib polkovnik M. Skobelev tayinlanadi. U davrda Farg`ona viloyati hududiga sobiq Qo`qon xonligiga qarashli yerlar kirar edi.
Dastlabki vaqtlarda viloyat markazi Qo`qon shahri hisoblangan bo`lsada, iqlimning tez - tez o`zgarib turishi, shaharni mahalliy aholi yashaydigan punktlarga yaqin ekanligi va boshqa bir qancha omillari yangi ma'muriy shahar qurishni taqozo etardi. General gubernatorning farmoyishiga binoan shaharni qurish joyi va uning loyxasini tanlash uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya bir muncha muxokamadan so`ng, axolisi uncha qalin bo`lmagan, nisbatan iqlimi yumshoq, yeri uncha xosildor bo`lmagan eski Marg`ilonning janubidagi qishloqlar o`rnini shahar qilishga loyiq deb topdi. Bu joy o`zining iqlimi va suvi bilan yaxshi taminlanganligi bilan ajralib turardi. Marg`ilon shahridan 10-12 chaqirim janubda joylashgan mazkur joy Sim, Yormozor va Chilimgar qishloqlari aholisiga tegishli edi. Bu qishloqlarning aholisiga hozirgi Yormazor, Oqariq, Beshbola va Cheksho`ra kabi qishloqlardan yer ajratib berildi. Ularning uylari esa yangi hukumat tomonidan sotib olindi. 
Farg`onaning ko`rki bo`lgan hozirgi chinorlarini ekish ko`p tortishuvga sabab bo`lgan. Yormozor qishlog`i aholisi shahar ko`chalariga yong`oq va o`rik ekishni, Marg`ilon aholisi vakillari esa chinor ekishni taklif etishgan. Bir necha yildan keyin chinorlar shaharga alohida chiroy bergandan so`ng, shu taklif asoschisi marg`ilonlik Muhammad Halil Madazim o`g`li Makkaga - xaj safariga borishi uchun bepul yo`llanma bilan taqdirlangan. 
1877 yil 18 iyunda g`arbiy shtab Yangi Marg`ilon shahri loyihasini qabul qildi. Shu kundan boshlab loyihadagi 8 ob'ektdan 6 tasini qurishga kirishilgan. Shunday qilib siyosiy ma'muriy markaz - idora (hozirgi teatr binosi) pochta, telegraf, gubernator yordamchisining qabulxonasi, gubernatorning oromgohi (shahar istirohat bog`i) shaharning janubiy qismida askarlar uchun yotoqxona – g`arbiy garnizon quriladi. Shahar qurilishiga arxitektor V. I. Korolkov rahbarlik qilgan. 
Shahar qurilishida asosiy material bo`lgan pishiq g`isht yetishmas edi. Shu sababli 1877 - 80 yillarda 8 ta g`isht zavodi qurilib, ularda yiliga 300 ming dona pishiq g`isht tayyorlangan. 1880 yilning noyabr, dekabr oylarida bog` va gulzorlar tashkil etildi. 3000 tup har xil manzarali daraxt ekilib, hozirgi shahar istirohat bog`iga asos solingan. Shu yili Yangi Marg`ilon u'ezd markazi etib tasdiqlangan. Shahar qurilgan vaqtda "Yangi Marg`ilon" deb ataladi. 1907 yilning 23 oktyabridan esa, g`arbiy qo`mondonlikning oliy farmoniga asosan shahar "Skobelev" deb nomlandi. 1924 yilga kelib esa, shahar vodiy nomiga moslashib "Farg`ona" deb atala boshlandi. 
Shahar asosan Marg`ilonsoyning chap tomonida qurilgan, o`ng tomondan esa, bozor va soldatlar mashqi uchun joy qoldirilgan. Shaharning ko`rinishi to`g`ri to`rt burchakli bo`lib, uning uzun qismi 4 vyorst (6 chaqirim) ni, kalta qismi 2 vyorstni tashkil etgan. Yangi Marg`ilon shahri radikal - konsentrik loyiha bo`yicha qurilgan edi. Shaharning urg`u berilgan qismi uning 5 burchakli qo`rg`onidir (hozirgi viloyat hokimligi orqasida). U har tomonlama katta maydon bilan o`ralgan bo`lib, bu yerda harbiylar mashqi o`tkazilib turilgan. Qo`rg`ondan radius tartibda keng va ravon ko`chalar tarqalgan. Bu arbiylarning favqulodda vaziyatlarda erkin harakat qilishini ta'minlagan.
Ko`chalarning ikki tomoni bo`ylab ariqlar o`tkazilgan. Ularning qirg`oqlariga esa turli daraxtlar ekilgan. Umuman olganda shaharni ko`klamzorlashtirishiga katta ahamiyat qaratilgan. Hatto har bir xonadon hovlisiga manzarali daraxtlar ekish majburiy qilib qo`yilgandi. Ko`klamzorlashtirish shahar qurilishi bilan bir vaqtda olib borilgan. Birgina 1877 yilning o`zidayoq 10 mingdan ziyod ko`chatlar o`tkazilgan edi. Marg`ilonsoy qirg`oqlari bo`ylab ko`chat etishtirish maydonchalari hosil qilindi va bu yerda mahalliy daraxt ko`chatlaridan tashqari Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropaning eng yaxshi daraxtlari olib kelib ko`paytirildi. Aylantu, akasiya, gledichiya, makleriya, yasin, klyon va boshqalar bunga misol bo`la oladi. 
Uylar bir - biridan uzoq masofalarda qurilgan bo`lib, ular asosan bir qavatli va xom g`ishtdan barpo etilgan edi. Binolar asosan oq rang bilan bo`yyalgan bo`lib, pishiq g`ishtli binolarni gisht rangida saqlab qolishga harakat qilingan. O`sha davr rus me'morchilik usuli boshqa ranglarni juda kam qo`llagan. Farg`onada esa deyali qo`llanilmagan. Har bir uyning ko`klamzor bog`i mavjud edi. Shuning uchun shahar juda keng va hushmanzara edi. Shahardagi eng katta binolar bu - gubernator uyi va ofiserlar yig`ini binolari bo`lib, har ikkisi pishiq g`ishtlardan qurilgan.
G`arbiy yig`inlar uyi (hozirgi harbiylar uyi) 1878 yil - 1879 yillarda g`arbiy muhandis I. Jilin loyihasi asosida qurilgan. Binoda o`yin va oshxona zallari, sahna, kutubxona, biliard bor edi. Bu yerda shahar aholisi o`zining bo`sh vaqtlarini o`tkazar edi. Havaskorlar, sayyohatchi artistlar turli mavzularda spektakllar namoyish etishar, she'rlar va qo`shiqlar tinglashar edi. 
Gubernator uyi (hozirgi teatr binosi) 1880 yillarning boshlarida qurila boshlangan va 1891 yilga kelib bitkazilgan edi. Bino g`arbiy muhandis I. Sakovich loyihasi asosida qurilgan. Uning orqasida gubernator bog`i barpo etilishi loyihalashtirilgan (hozirgi Axmad al – Farg`oniy oromgohi). Gubernatorlar biri N. I. Korolkov davrida bu boqqa jahonning turli chekkalaridan olib kelingan ko`chatlar ekilgan. 
1890 yildan boshlab cherkov (ibodatxona) maydoni shahar markazi deb hisoblana boshlandi. Bu erda 1890-99 yillar ichida 500 ta ibodatchiga mo`ljallangan Aleksandr Nevskiy cherkovi qurilishi Peterburg arxitektori A. Kitner loyihasi bo`yicha olib borildi. Cherkov toshdan eski Vizantiya usulida ?urildi. 1934 yilda cherkov buzib tashlanib, uning o`rnida Farg`ona o`yingohi qurildi. 
1880 yilda Yangi Marg`ilondagi gidrometeostansiya ob-havo to`g`risida dastlabki ma'lumotlarni bera boshladi. 
Farg`onada savdo - sotiq markazi bozor edi, albatta. Bozor shaharda yakshanbalik bozor deb yuritilib, reja asosida barpo etilgan: bozor ichiga olib kiruvchi 5 yo`lakli rastalardan iborat bo`lib, to`rtburchak shaklini olgan. Bozor atrofida va gubernator ko`chasi bo`ylab, yirik savdogarlarning do`konlari va rastalari joylashgan edi. Bozor 1905 yilda foydalanishga topshirilgan bo`lib, uning loyihasi arxitektor T. Svarichevskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Bu yerda Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib original tarzda ikki qavatli savdo paviloni qurib bitkazildi. U Yevropa savdo madaniyati o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, hozirgi SUM vazifasini bajargan. 
Agar davolash va sog`liqni saqlash muassasalari haqida gapiradigan bo`lsak, 1913 yilga kelib, shahar shifoxonasida 35 tagacha, temir yo`l shifoxonasi 15 tagacha bemor qabul qila olardi. Bundan tashqari shaharda g`arbiy gospital bo`lib, unda harbiylar qatorida fuqarolarga ham tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ko`z davolash shifoxonasi 1901 yilda ochilgan bo`lib, dastlab 4 tagacha bemor qabul qila olardi. 1913 yilga kelib esa, mazkur shifoxona bir yo`la 12 tagacha mijoz qabul qilish imkoniyatiga ega bo`ldi. Ushbu shifoxona viloyatda bitta edi. 
1894 yil mayda Gubernator ko`chasida shahardagi birinchi shaxsiy dorixona ochildi (hozirgi Mutaqillik ko`chasidagi "Malham" dorixonasi).
Umuman olganda shahar juda tez suratlarda o`zgargan. 
Masalan;
1896 yil shaharda birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushirilgan bo`lsa, 1897 yilda dastlabki xususiy bosmaxona ish boshladi va 1906 yilda shu bosmaxonada "Farg`ona" (Fergana) gazetasining birinchi soni chop etilgan. 1898 yilning yozida shaharga birinchi yulovchi poezdi keldi va Temir yo`l vokzali barpo qilindi (hozirgi "Farg`ona-1" stansiyasi). Shu yili ipak qurti urug`ini etishtirish K. X. Yevtixidi korxonasiga asos solindi (hozirgi ipak qurti urug`i olish korxonasi) va unga 1903 yilda maxsus bino qurib bitkazildi. 1903 yilda shaharning markaziy kuchalariga kerosinli ko`cha chiroqlari o`rnatildi.
1907 yilga kelib Yangi Marg`ilon shahri viloyatning byuirinchi gubernatori M. Skobelev vafotining 25 yilligi munosabati bilan uning sharafiga Skobelev" nomi bilan atala boshlandi. Shu yili unga bag`ishlab yodgorlik - buyust o`rnatildi.
1912 yilda shaharda birinchi elektrostansiya qurildi hamda 99 ta abonentga ega bo`lgan birinchi hukumat telefon tarmog`i o`rnatildi. Bir yil o`tib - 1913 yilda shaharda dastlabki vodoprovodlar ishlay boshladi. Shu yildan shahar ko`chalari elektr bilan yoritiladigan bo`ldi.
Shaharda o`quv maskanlari 1913 yilga kelib 7 tagina bo`lib: 3 tasi o`rta ta'lim - o`g`il bollar va qizlar gimnaziyasi, qizlar progimnaziyasi, 4 tasi boshlang`ich ta'lim, bundan 2 tasi rus - tuzem maktablari edi. Bu o`quv maskanlarida jami bo`lib 1300 dan ortiq o`quvchi ta'lim olgan. 1879 yili Yangi Marg`ilonda birinchi g`arb o`quv maskani - 4 sinfli shahar o`g`il bolalar o`quv maskani ochilgan. Undan keyin qizlar boshlang`ich maktabi paydo bo`ldi. Keyinchalik bu o`quv maskani bazasida Mariin qizlar bilim yurti tashkil etildi. Bu gimnaziya uchun maxsus bino 1903 yilda qurib bitkazildi (hozirgi shahar markaziy madaniyat uyi). 
1903 yilda o`g`il bolalar progimnaziya gimnaziyaga aylantirildi va Turkistonda mashhur bo`lgan arxitektor T. Svarichevskiy loyihasi bo`yicha modern usulida qurilgan maxsus binoga - hozirgi Universitet binosiga ko`chirildi.  
Shahardagi madaniy hayot asosan gubernator uyi yoki ofiserlar uyidagi tomosha zallarida o`tkaziladigan havaskor to`garaklarning spektakllari, turli konsertlar, bal va kornavallardan iborat bo`lgan. 1899 yilga kelib esa, shaharda Markaziy Osiyodagi to`rtinchi ommaviy muzey va kutubxona ochildi (ular bazasida hozirgi Viloyat o`lkashunoslik muzeyi va Viloyat axborot-kutubxona markazi tashkillangan). Shuningdek, shahar markaziy bog`i ommaviy sayr va konsertlar maskaniga aylangan. XX asr boshlariga kelib uning atrofida sport musobaqalari ham o`tkazila boshlandi. Ayniqsa, velosiped sayri shaharliklarning sevimli mashg`uloti bo`lgan. 1912 yil Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib "Skobelev futbolchilar to`garagi" tashkil etildi. Mazkur to`garak a'zolari 1915 yilda Markaziy Osiy birinchiligini qo`lga kiritgan. 1908 yilga kelib esa, shahardagi birinchi sinematograf - "Apollo" kinoxonasi ochildi (keyinroq "Novaya Era" kinoteatri). Unda ovozsiz filmlar namoyish etilardi. Har safargi tomosha juda gavjum kechardi. Achinarli tomoni bu jarayoda (barcha madaniy tadbirlarda ham, hatto markaziy bog`da) maxalliy fuqarolarning ishtirok etishi xohlanmagan mehmonday qabul qilinardi va ularga xushyorroq nigoh bilar qaralardi. Bu degani mahalliy fuqarolar shaharning madaniy hayotida qatnashmagan degani emas, albatta. Mahalliy dorbozlar, mashhur qo`shiqchilar, milliy musiqa ustalari vaqti-vaqti bilan shaharda konsert berishgan va tamosha ko`rsatib turishgan. Shuningdek, yirik maldorlar, taniqli insonlar, mahalliy tadbirkorlar va boshqalar shaharning har kungi mehmoni edi. Qolaversa, diniy qarashlarga ham rus ma'murlari u qadar e'tiroz bildirishmagan. Shu sababli shahar atrofida yoki bevosita uning hududida bir nechta masjid faoliyat olib boravergan. Ayniqsa, katta bozor yonidagi Mir Ayyub masjidi hamda Yormazordagi Jome' masjid juda mashhur bo`lgan. Aziz avliyolarning maqbaralari ham saqlab qolingan. Terak mozor va Markaziy bog` ichidagi maqbara bunga misoldir.
Keyingi siyosiy voqealar girdobida bu shahar ko`pgina o`zgarishlarni boshdan kechirdi. Fevral inqilobi, oktyabr to`ntarishi, ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi hayot shahar timsolini butunlay o`zgartirib yubordi. Shahar esa, 1924 yildan boshlab vodiy nomiga monnand "Farg`ona" deb atala boshlandi. 
Bugungi kunga kelib, Farg`ona ko`chalari to`?ri va keng bo`lib, barcha ko`chalarga chinor daraxtlari soya tashlab turadi. Shu bois Farg`ona Markaziy Osiyodagi eng salqin, ko`klamzorlashtirilgan va go`zal shahardir. Shaharning barcha ko`chalari uning janubida hozirgi hokimiyat binosi oldida birlashadi. Shahar aholisi ruslar, o`zbeklar, tojik, yahudiy, koreys, ukrain va boshqa millat vakillaridan iborat. Bozorlari to`kin - sochin. Xalqi ochiq ko`ngil, soddadil mehnatkash va mehmondo`stdir. Shaharning o`rtasidan o`z suvini Oloy tog`laridan oluvchi Marg`ilonsoy oqib o`tadi.
MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать