Farg`ona
Farg`ona tuman hokimligida hokim va o`rinbosarlari qabul kunlari
| F.I.Sh. |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
| Musayev Muhammadali |
Tuman hokimi |
Har shanba kuni |
| Pozilov Abduvahob Qobulovich |
Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, obodonlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari |
Har dushanba va juma kunlari |
| Saidov Rahim Jurayevich |
Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari |
Har seshanba va payshanba kunlari |
| Аhmedova Saodatxon Meliyevna |
Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi |
Har chorshanba kuni |
Farg`ona tuman hokimligi manzili: Farg`ona viloyati Farg`ona tumani Vodil qishlog`i Marg`ilon ko`chasi 1 uy 150400 Ishonch telefoni: 8 (373) 352-15-64, 352-13-29, 352-12-54, 352-14-50
1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot Tuman 1964 yili tashkil topgan. Tuman markazi - Vodil qishlog`i.
2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot. Tuman Farg`ona viloyatini sharqiy qismida joylashgan bo`lib, Oltiariq tumani, Quvasoy, Farg`ona shaharlari hamda Qirg`iziston Respublikasi bilan chegaradosh (101,8 km). Umumiy yer maydoni 620 kv.km ni tashkil qiladi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Tumanda 49 aholi yashash punktlari mavjud bo`lib, u yerda 180,1 ming kishi istiqomat qiladi, shundan shaharda 123,7 ming kishi (68,7%) ni, qishloqda 56,4 ming kishi (31,3%) ni tashkil etadi. Aholini 81,9% ni o`zbeklar, 13,5% ni tojiklar, 3,8% ni qirg`izlar va milliat vakillari tashkil etadi.
4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni. Tumanda 1 ta yirik sangoat korxonasi "Chimyon mexanika-ta'mirlash" AJ faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari tumanda 5 qo`shma korxona: O`zbek - Izroil "Far Iz" QK, O`zbek - Eston "Feramon" QK, "Modern keramik indastriz" QK, Xitoyning "Xuan-Xay" hamda "V&B Chemical" chet el korxonasi ro`yxatga olingan.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. Tumanda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 2621.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari. Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 3379 ta, shundan 2744 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jalgi uchun o`rtacha yer maydoni 8,6 ga).
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari. Tumanda 34281 ta o`quvchiga mo`ljallangan 62 ta o`rta umumta'lim maktablari, 4420 ta talabaga mo`ljallangan 7 ta kasb hunar kollejlari mavjud. Bundan tashqari 585 ta bemorga mo`ljallangan 7 kasalxona, 24 shifoxona va 17 qishloq vrachlik bo`limlari faoliyat yuritmoqda.
|