Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Buvayda


Buvayda tuman hokimligining rasmiy veb sayti

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot
Tuman 1973 yilda tashkil topgan. Tuman markazi Yangiqo`rg`on qishlog`i.

2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot. 
Tuman Farg`ona viloyatining shimoliy qismida joylashgan bo`lib, Uchko`prik, Bog`dod tumanlari va Namangan viloyati bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 280 kv.km ni tashkil qiladi.

3. Aholi haqida ma'lumot.
Tumanda 86 aholi yashash bo`limlarida 173,6 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 97,6 ming kishi (52,6%) ni, qishloqda 76 ming kishi (43,8%) ni tashkil qiladi. Aholini 99,7% ni o`zbeklar, 0,1% ni tojiklar, 0,1% ni qirg`izlar tashkil etadi.

4. Sanoat korxonalar soni. 
Tumanda kichik biznes sanoat korxonalari faoliyat yuritadi.

5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar. 
Tumanda 2630 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi.

6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari.
Kichik biznes sub'ektlari umumiy soni 1370 ta, shundan 945 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 33,3 ga).

7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari.
Tumanda 38595 ta o`quvchiga mo`ljallangan 54 ta o`rta umumta'lim maktablari, 4336 ta talabaga mo`ljallangan 5 ta kasb hunar kollejlari mavjud.
Bundan tashqari 555 ta bemorga mo`ljallangan b ta kasalxona, 30 shifoxona hamda 25 ta qishloq vrachlik bo`limlari tashkil qilingan.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать