Bosh sahifa Yordam Sayt haritasi
 
Uzb Rus Eng
   
 
BOG'LAMALAR

 

Bag`dod


Bag'dod tuman hokimligida hokim va o`rinbosarlari qabul kunlari

 

F.I.Sh. Lavozimi Qabul kunlari
Soyibjon Ruziboyev Tuman hokimi Haftaning seshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha
Qahramon Jurayev Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar, obodonlashtirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Haftaning chorshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha
Yo'lchivoy Boyyigitov Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari     Haftaning payshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha
Nazira Mamatqulova Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Haftaning juma kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha

1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot
Tuman 1926 yili tashkil topgan. Tuman markazi – Bag'dod shahri

2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot.
Tuman Farg`ona viloyati markazida joylashgan bo`lib, Rishton, Oltiariq, Buvayda, Uchko`prik tumanlari bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 330 kv.km ni tashkil qiladi.

3. Aholi haqida ma'lumot.
Tumandagi 77 aholi yashash bo`limlarida 169,7 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 91,2 ming kishi (53,7%), qishloqda 78,5 ming kishi (46,3%) ni tashkil qiladi. Aholini 99,6% ni o`zbeklar, 0,2% ni tojiklar, 0,2% ni qirg`izlar va boshqa millatlar tashkil qiladi.

4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni.
Tumanda 2 ta katta sanoat korxonasi faoliyat yuritadi. Bular "Bog`doddonmahsulot" AJ hamda "Bog`dod paxta tozalash zavodi" AJ. Ushbu korxonalarda un va paxta tolasi ishlab chiqariladi. 
Bundan tashqari tumanda 3 ta qo`shma korxona: O`zb-Sloven "Fayz Yavor LTD" QK, O`zb-Britan "Sharq ne'matlari" QK, O`zbek-Iordan "Farg`ona Spining" QK ro`yxatga olingan.

5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar.
Tumanda 2626 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi.

6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari.
Kichik biznes sub'ektlari umumiy soni 2061 ta, shundan 1211 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 28,1 ga).

7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari.
Tumanda 35344 ta o`quvchiga mo`ljallangan 56 ta o`rta umuta'lim maktablari, 3728 ta talabaga mo`ljallangan 6 ta kasb hunar kollejlari mavjud.
Tumanda 472 bemorga mo`ljallangan 2 ta kasalxona, 25 ta shifoxona va 21 qishloq vrachlik bo`limlari mavjud.

MA'LUMOT
MA'LUMOTXONA
 

счетчик посещаемости

Rambler's Top100 счетчик посещений скачать